O‘tgan yili haqiqiy oltin shov-shuviga guvoh bo‘ldik: dunyoda oltin narxi bir yarim baravardan ko‘proqqa, kumush esa deyarli ikki yarim baravarga oshib ketdi. 2026-yil ham yangi rekordlar bilan boshlandi: oltinning bir unsiyasi narxi ilk bor $4 600 dan, kumushniki esa $90 dan oshdi. O‘zbekistonda ham tarixiy o‘zgarishlar bo‘ldi: endi oltinni nafaqat quyma shaklida, balki onlayn ham sotib olish mumkin.
Keling, pulingizni saqlash va ko‘paytirish uchun qimmatbaho metallarni qanday sotib olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Oltin sotib olib qanday daromad qilish mumkin?
Oltin omonat kabi foiz keltirmaydi. Uning asosiy afzalligi narx oshishidan foyda olishda: bugun sotib olib, kelajakda qimmatroqqa sotish. Narxlar o‘zgarib turishi mumkin, lekin 10 yillik davrlarga qarasak, umumiy tendensiya aniq ko‘rinadi.

So‘nggi o‘n yilliklarda oltinning bir unsiyasi narxi qanday o‘zgargan
Manba
So‘nggi 20 yil ichida oltin o‘rtacha yiliga taxminan 9% ga qimmatlagan. 2025-yilda esa uning narxi 65% ga oshdi. Demak, 2024-yilda oltin sotib olganlar uni sotish orqali yaxshigina daromad olishgan.

Daromad faqat oltindan kelmaydi
AVO omonatini oching va kapitalizatsiya bilan yillik 23,5% gacha foyda oling
O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi. 2025-yilda eksportning deyarli 40% ini aynan shu qimmatbaho metall tashkil qilgan. Bu oltin O‘zbekistonda sarmoya kiritish uchun barqaror va foydali aktivlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning xalqaro zaxiralari 2026-yil 1-yanvar holatiga $25,1 mlrd ga oshib, $66,3 mlrd ga yetgan. Bu 61% o‘sish degani.
O‘zbekistonda oltinni qayerdan sotib olish mumkin?
Jismoniy oltin sotib olish mumkin bo‘lgan banklar ro‘yxati Markaziy bank saytida e’lon qilinadi. Bunday oltinni uyda o‘zingiz saqlaysiz. Barcha quymalar 999,9 probali oltindan tayyorlanadi va 5 grammdan 50 grammgacha bo‘lgan formatlarda sotiladi.


Manba
Oltin xavfsiz saqlanishi uchun maxsus himoya o‘ramida sotiladi. Bu o‘ram Certiline Srl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerda hammasi jiddiy: har bir quymaga seriya raqami beriladi, haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirish mumkin. Agar quymani o‘ramdan chiqarishga urinsangiz, himoya membranasi rangini o‘zgartiradi va kriptoprint paydo bo‘ladi.
Eng ommabop variant 5 grammlik quyma. Uning narxi 9 mln so‘mdan biroz yuqori. Yanvar o‘rtalaridagi rasmiy narxlar quyidagicha:
- Oltin quymasi vazni
- Narxi
- 5 g
- 9 163 000 so‘m
- 10 g
- 18 325 000 so‘m
- 20 g
- 36 651 000 so‘m
- 50 g
- 91 627 000 so‘m
- 100 g
- 183 253 000 so‘m
Oltinning jahon bozoridagi narxini LBMA belgilaydi, O‘zbekiston Markaziy banki esa har kuni so‘mdagi narxlarni yangilab boradi.
Qanday quymalarni sotib olmagan ma’qul?
Mahalliy xususiy zavodlardan yoki e’lonlar servislari orqali olingan quymalar. Bunday joylarda soxta mahsulotga uchrash xavfi bor.
Chet el banklari quymalari. O‘rami joyida bo‘lsa ham, bunday quymani keyin O‘zbekistondagi banklarga sotish muammoli bo‘lishi mumkin.
Himoya o‘ramisiz quymalar. Oltin noto‘g‘ri saqlansa, tez shikastlanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday oltinni O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat berilmasligi ehtimoli bor. Agar uni bankka topshirmoqchi bo‘lsangiz, avval ekspertizani kutishga to‘g‘ri keladi.
Kumush bilan esa vaziyat boshqacharoq. U AGMK va NGMK UzRTSB orqali sotiladi. Asosan tadbirkorlar, sanoatda ishlatuvchilar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar sotib olishadi.
Oltinni onlayn qanday sotib olish mumkin?
Markaziy bank oltin depozitlarini yarim yil avval ishga tushirgan edi. 2025-yil noyabr oyida bu imkoniyat tijorat banklarida ham paydo bo‘ldi. Endi hatto 0,1 grammli oltin sotib olish mumkin. Bunday depozit ochganingizda siz egasizlantirilgan metall hisobga ega bo‘lasiz. Unda pul o‘rniga oltin grammlari ko‘rinadi.
Bu qanday ishlaydi?
- Bank ilovasida akkaunt yaratasiz.
- Identifikatsiyadan o‘tasiz va so‘mlik kartangizni ulaysiz.
- Oltin depozit ochasiz.
- Grammlarda virtual oltin sotib olasiz.
- Ilovada oltin narxini kuzatib borasiz.
- Depozitni saqlaysiz, to‘ldirasiz yoki narx sizga ma’qul bo‘lsa, raqamli oltinni bankka qayta sotasiz.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
