Bank sohasida raqamlar va algoritmlar ko‘p narsani hal qiladi. Lekin ular haqiqatan samarali bo‘lishi uchun jarayonlarni chuqur tushunish kerak. Aynan shu yondashuv bilan AVO bank o‘z qarzlarni undirish tizimini tekshirishga qaror qildi — shunchaki formal audit emas, balki haqiqiy tekshiruv o‘tkazdi.
Auditni moliya sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirishga ixtisoslashgan mustaqil maslahatchi — HiveTech kompaniyasi o‘tkazdi. Maqsad esa oddiy «tekshirish» emas, balki tizimni tirik organizm sifatida ko‘rib chiqib, qayerda samarali ishlayotgani va qayerda kuchsizlashayotganini aniqlash edi.
Boshqa burchakdan nazar
Yangi Collection CRM tizimini ishga tushirishdan avval AVO jamoasi jarayonlarni to‘xtatib, qarzdor mijozning butun yo‘lini jarayonlar, mantiq va ma’lumotlar nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
HiveTech bilan o‘tkazilgan audit o‘sish uchun muhim nuqtalarni ko‘rsatdi va aniq yo‘l xaritasini belgilab berdi. Bu oddiy hisobot emas, balki qarz undirishning yangi avlod strategiyasini yaratishga yordam beradigan haqiqiy amaliy vosita. Jamoa uchun bu « tizimni tuzatish» emas, balki nima uchun u shunday ishlayotgani va texnologiyalar bankning moslashuvchan, innovatsion va mijozga yo‘naltirilgan bo‘lish qobiliyatini qanday kuchaytirishi mumkinligini anglash imkoniyati bo‘ldi.







