1. AVO

  2. AVO gap

  3. AVO platinum kartasini kartomatdan qanday olish mumkin: yo‘riqnoma

AVO platinum kartasini kartomatdan qanday olish mumkin: yo‘riqnoma

AVO platinum kartasining ko‘plab afzalliklari va imkoniyatlari bor. Mening eng yoqtiradigan xususiyatlaridan biri — kartani bankka bormasdan, navbatsiz va ortiqcha ovora bo‘lmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartomatdan olish imkoni. Sizlarga buni qanday amalga oshirishni tushuntirib beraman.

1-qadam: ilova va identifikatsiyalash

Kartani olish uchun avval uni buyurtma qilish kerak. Buning uchun, birinchi navbatda, ilovani yuklab olish lozim — uni Google Play Market yoki App Store’dan topish mumkin. Ilova o‘rnatilgandan so‘ng, tezda ro‘yxatdan o‘tib, barcha takliflarni qabul qilish kerak.

 

Ilova SMS orqali kelgan kodni kiritishni va to‘rt raqamli PIN-kod o‘ylab topishni so‘raydi. Agar smartfoningiz Face ID yoki Touch ID texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlasa, har safar PIN-kod kiritish o‘rniga ular orqali kirishni darhol sozlash mumkin.

 

Keyingi qadam — shaxsni identifikatsiya qilish. Bu jarayon uchun pasport yoki ID-karta kerak bo‘ladi, aks holda AVO sizga karta chiqara olmaydi. Shuning uchun bosh ekranda «Shaxsni tekshirish» bo‘limini topib, tarif va shartlarni tanlaymiz, ariza beramiz va kerakli ma’lumotlarni kiritamiz.

 

Identifikatsiya atigi bir necha daqiqa davom etadi va u yakunlangach, darhol AVO platinum virtual kartasini bepul olasiz.

2-qadam: plastik kartani buyurtma bering va olib keting

Asosiy ekranga qaytib, «Karta buyurtma qilish» tugmasini bosamiz. So‘ngra buyurtmangiz uchun to‘lovni amalga oshirib, karta tayyor bo‘lguncha kutish kerak.

Shundan so‘ng, kartani o‘zingiz olib ketish nuqtasini — sizga eng yaqin AVO kartomatini tanlashingiz mumkin. Ularning joylashuvini
AVO veb-saytida ham ko‘rishingiz mumkin.


Keyin o‘zimizga qulay bo‘lgan kartomatni topib, uning oldiga boramiz va ekrandagi «Kartani olish» tugmasini bosamiz. Qolgan ish juda oson: AVO ilovasi orqali ekrandagi QR-kodni skanerlasangiz, kartomat bir necha daqiqada kartangizni chiqarib beradi. Tushunarliroq bo‘lishi uchun quyidagi video-yo‘riqnomani ko‘rishingiz mumkin:
AVO platinum kartasini kartomatdan qanday olish mumkin?
💳 AVOlogiya
27.01.2025
5 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
AVO bank
Virtual qabulxona
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar