1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Kartani qanday to‘ldirish mumkin

Kartani qanday to‘ldirish mumkin

2025-yilda O‘zbekistonda bank kartasini to‘ldirishning turli usullari mavjud va har kim o‘ziga eng qulay variantni tanlashi mumkin. Kimdir bankomat orqali pul qo‘yishga o‘rgangan, boshqalar mobil ilova ishlatishga odatlangan, ba’zilar esa faqat bank kassalariga ishonadi. Keling, bu jarayonni qanday xavfsiz va muammosiz amalga oshirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Bankomat orqali to‘ldirish

Bu eng ommabop usullardan biri. Kartani bankomatga joylashtirib, PIN-kodni kiritish, «Hisobni to‘ldirish» bo‘limini tanlash va pulni kupyurani qabul qilish joyiga joylashtirish kifoya. Shundan so‘ng, bankomat pulni sanaydi va ekranda hisobga o‘tkaziladigan summani ko‘rsatadi. Operatsiya tugagach, chekni olib, pul hisobingizga tushganini tekshirib qo‘yish kerak. 

Bankomatlarning asosiy afzalligi — ular 24/7 ishlaydi. Ammo ba’zan shoshilinch vaziyatda yaqin atrofda bankomat topish qiyin bo‘lishi mumkin, shuningdek, qurilmalar eskirgan yoki yirtilgan kupyuralarni qabulmaydi.

Mobil ilova orqali to‘ldirish

Agar qo‘lda naqd pul bo‘lmasa, mobil ilova orqali pul o‘tkazish eng tezkor va qulay usul bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir bankning o‘z mobil ilovasi bor, masalan, AVO ilovasi. Agar bir nechta kartangiz bo‘lsa, to'lov tizimlaridan ham foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun ilovani ochish, pul o‘tkazmasi bo‘limiga o‘tish, karta raqami va summani kiritish yetarli. Pul darhol qabul qiluvchining hisobiga tushadi. Bu usul ayniqsa oila a’zolariga pul jo‘natish yoki onlayn xaridlarni to‘lash uchun juda qulay.

Bank kassasi orqali to‘ldirish

Ba’zi odamlar hali ham ushbu klassik usulni afzal ko‘rishadi. Ayniqsa, katta miqdorda pul qo‘yish kerak bo‘lganda yoki bankomatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaganda, bu usul ishonchli hisoblanadi. Buning uchun bank bo‘limiga borib, operatorga karta raqamini aytib, pulni topshirish kifoya.


Lekin bu usulning asosiy kamchiligi — bankka borish va navbat kutish kerakligi. Uyda divanda yotib, sevimli serialni ko‘rib dam olish bundan ancha yoqimliroq emasmi?
Har doim «ha» deydigan kredit kartasi!

AVO platinum bilan barcha istaklaringizga 50 million so‘mgacha oling

Kartani olish

Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar

Qaysi usul tanlanishidan qat’i nazar, xavfsizlik har doim ustuvor bo‘lishi kerak. PIN-kod va karta ma’lumotlarini hech qachon begonalarga oshkor qilish mumkin emas. Bankomatdan foydalanganda, unda shubhali qurilmalar yo‘qligini tekshirish lozim. Har qanday to‘lov yoki pul o‘tkazmasidan keyin chekni saqlab qo‘yish foydali bo‘lishi mumkin, chunki ba’zan pul darhol hisobga tushmasligi ehtimoli bor.

Xulosa

Har kim o‘ziga qulay usulni tanlaydi: kimdir har doim mobil bankingdan foydalanadi, boshqalar bankomatlar orqali to‘ldirishga odatlangan, ba’zilar esa faqat bank kassasiga ishonadi. Muhimi, barcha operatsiyalar xavfsiz va muammosiz o‘tishi kerak.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Bank kartasi
11.03.2025
1 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•