Ba’zilar uchun Instagram va YouTube’dagi investitsiya haqidagi roliklar bilim manbai hisoblanadi. Boshqalar uchun esa bu shunchaki mashinalar va villalardan iborat chiroyli fon, xolos. Lekin aynan shu tasvirlar tufayli ko‘pchilik o‘z pulini yo‘qotadi.
Bugungi kunda moliyaviy blogerlik butun boshli sanoatga aylangan. Ayrimlar aksiyalar va jamg‘armalarni tushunishni o‘rgatsa, boshqalari asosan «maxfiy qo‘llanmalar»ni sotadi. Keling, haqiqiy mutaxassisni tez muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha kouchdan farqlay olishni o‘rganamiz 😏
Moliyaviy bloger haqiqiy mutaxassis bo‘lganida

Manba: forbes.com
Suratda Vivian Tu tasvirlangan. U oldin Uoll-stritda treyderlik qilgan, hozirda esa tadbirkor va Your Rich BFF brendi asoschisi. Forbes jurnalining «30 yoshgacha bo‘lgan 30 talik» ro‘yxatiga kiritilgan. U o‘zining YouTube kanalidagi videolarida «bir oyda mln topish»ni va’da qilmaydi, aksincha oddiy va foydali maslahatlar beradi: qanday pul yig‘ish, qayerga sarmoya kiritish va ortiqcha xarajatlarsiz sayohat qilish yo‘llari haqida gapiradi.




