14-fevral — bu faqat qimmatbaho sovg’a yoki yoqimli amallarnigina emas, balki xotirangizda saqlanib qoladigan iliq lahzalarni ham nazarda tutadi. Bunda eng muhimi syurpriz emas, ushbu kun sizga bag’ishlangan kun ekanligini, faqat ikkalangizga tegishli g’amxo’rlik, quvonch va so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan hissiyotlarni tuyishdir.
Menga bayramni birgalikda yaratish ko’proq yoqadi. Shunda hissiyotlar yorqinroq, xotiralar esa qadrliroq bo’ladi. Agar sizga ham bu g’oya yoqqan bo’lsa, ushbu kunni tejamli va odatdagidan o’zgacha nishonlash uchun bir nechta takliflar bilan bo’lishaman.
Birga nonushta tayyorlang

Barvaqtroq uyg’oning va ishga ketishdan oldin asal va kekik (chabrets)dan xushbo’y choy damlang, shokoladli kruassanlarni isiting, dasturxonni yong’oq, pishloq va chiroyli vazadagi yovvoyi gullar bilan bezating, yana iforli shamlarni yoqing (kunduzi ham yoqsa bo’ladi 😌). Agar yanada original bo’lishini xohlasangiz, kichik pirojniylar sotib olishingiz yoki malinali murabbo qo’shilgan biskvitli quymoq pishirishingiz mumkin. Muhimi, shunchaki ovqatlanish emas, tongni birgalikda, shoshmasdan, dildan suhbatlashib, bir-biringizga yoqimli so’zlardan aytib o’tkazish.
Bunday nonushta sizga 100 000 so’mdan qimmatga tushmaydi, lekin qalbingizda iliq hislar uyg’otadi.










