AVO bank iSpace do‘konlar tarmog‘i bilan birgalikdagi aksiyani e’lon qiladi. Endi AVO bank kredit kartasi orqali amalga oshirilgan har qanday xarid uchun mijozlar 5% keshbekka ega bo‘ladilar. Bu gadjetlarni yangilash uchun ajoyib imkoniyat: yuqori bonus iSpace do‘konlarida hamda onlayn xaridlarda barcha mahsulotlarga — yangi iPhone va MacBook’lardan tortib, aksessuarlar, servis va ta’mirlashgacha amal qiladi.
iSpace — bu Apple Premium Partner maqomiga ega bo‘lgan Apple’ning rasmiy hamkori. Bu yerda siz faqat original texnikani topasiz, dunyo yangiliklarini birinchilardan bo‘lib ko‘rasiz va ekspert maslahati yoki rasmiy servis xizmatini olishingiz mumkin.
iSpace’dan yangi texnika sotib oling, AVO bank kredit kartasi bilan to‘lang va har bir xariddan 5% qaytarib oling!
Batafsil shartlarni saytda «Hujjatlar» → «Mijozlarga» bo‘limida topishingiz mumkin.

