Kredit — bu katta yoki tezkor xarajatlar uchun mablag‘ olish usuli bo‘lib, uni foizlar bilan bo‘lib-bo‘lib qaytarish imkonini beradi. U moliyaviy ehtiyojlarni, masalan, uy-joy, avtomobil sotib olish yoki tibbiy xarajatlarni qoplashda yordam beradi. Kreditdan maksimal foyda olish uchun uning turlari va shartlarini tushunib olish muhim.
Qanday kredit turlari mavjud?
Iste'mol krediti
Bu uy ta'miri, texnika sotib olish, oliy ta'lim yoki sayohatlar kabi shaxsiy ehtiyojlarga mo'ljallangan kredit. Asosan, minimal hujjatlar talab etilishi bois uni rasmiylashtirish oson.
Masalan, siz kvartiradagi eski mebellarni yangisiga almashtirishmoqchisiz. Shunda 12 oylik kredit rasmiylashtirib, har oy belgilangan summani to‘laysiz va interyeringizni tezda yangilab olishingiz mumkin bo'ladi.

Ipoteka
Bu uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli kredit turi. Foiz stavkalari odatda pastroq bo‘ladi, chunki kreditga olingan uy bank garovi ostida qoladi. Buning uchun daromad haqida ma’lumotnoma kabi qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.
Masalan, Toshkentda kvartira sotib olishni xohlaysiz, lekin yetarlicha mablag‘ingiz yo‘q. Pul yig‘ish uchun yillar kerak bo‘ladi, yana daromadingiz ham yaxshi bo'lishi kerak. Qanday yechim bor? O'zingizga to'g'ri keladigan kvartirani topasiz, 10 yillik ipoteka rasmiylashtirasiz va qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘laysiz.





