Toshkentda lazerli epilyatsiya: narxlar, studiyalar, mijozlar fikri
Ayollar tanasidagi ortiqcha tuk bilan qadimgi Misr zamonidan beri kurashib keladi. Avval ip bilan olishgan, ustara, pinset, mum va shugaringdan foydalanishgan. Keyin elektroepilyator paydo bo‘ldi, lekin u tukning yana o‘sib chiqishi muammosini hal qilmadi.
Texnologiya rivojlanib, epilyatsiyalarning lazer, elektro, foto va elos usullari paydo bo‘ldi. Har birining o‘ziga xos samaradorligi, ko‘rsatmalari, afzallik va kamchiliklari bor. Menga lazer mos tushdi.
Hozir 5 ta lazerli epilyatsiya studiyasi haqida aytib bermoqchiman. Ulardagi narxlarni solishtiraman, xizmat ko‘rsatish darajasini baholayman va kursdan keyingi taassurotlarim bilan o‘rtoqlashaman 💅
Lazerli epilyatsiyaning gashti nimada
Tuklar bilan kurashni ancha oldin boshlaganman: avval ustara ishlatdim, keyin Toshkentda mum va shugaring paydo bo‘lishi bilan ularni sinashga o‘tdim. oxir-oqibat tuklarning tez o‘sishi, tanamga botishi va muolajadan 2 hafta ham o‘tmay, yubka kiyolmay qolishimdan charchadim. Shunda bu muammoni ildizi bilan bartaraf etishning boshqa usullarini o‘rganishga kirishdim.
Tukni butunlay yo‘q qiladigan yagona usul bo‘lsa ham elektroepilyatsiyadan voz kechdim. Chunki qanchalik samarali bo‘lmasin, uning og‘rig‘iga men chiday olmayman. Elos’ning foydasini sezmaganimdan keyin lazerni sinab ko‘rdim. Kursdan keyin har 6 oyda bir marta profilaktik muolajalar yetadi, deb va’da qilishdi. Menga shu eng maqbul yechim bo‘lib tuyuldi.
Qaysi biri yaxshiroq: aleksandrit yoki diod?
Lazerning asosan 2 turi bor — diodli va aleksandritli. Diodli lazer og‘riqsiz, ko‘proq fototiplarga mos tushadi, teriga muloyimroq ta’sir qiladi, lekin quvvati biroz pastroq.
Mutaxassis bilan maslahatlashganimdan keyin aleksandritli lazerni tanladim. Chunki terimning rangi o‘rtacha, tuklarim to‘q, kontrast yuqori bo‘lgani uchun lazer tuklarni yaxshiroq oladi va kerakli natijaga tezroq erishiladi. Qarshi ko‘rsatmalarni oldindan dermatolog bilan muhokama qilib oling.
Kamchiliklari — faqat qimmat va og‘riqliligi. Men og‘riqqa chidamliman, ba’zi joylarda yoqimsiz og‘risa ham, chidasa bo‘ladi. Studiyalarning ko‘pi Candela apparatlarida ishlaydi, lekin Lutronic, DEKA va boshqalar ham bor. Apparatlarning har yangi avlodida og‘riq darajasi pasayib boryapti, lekin hozircha butunlay yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q.
Afzalliklaridan esa tanam ustara yoki mum yordamida erishib bo‘lmaydigan darajada silliq bo‘lib qoldi, tuklar esa deyarli o‘sishda to‘xtadi. Kurs davomida seanslar orasida tanam taxminan 2 oy silliq bo‘lib turadi.
💄 Go‘zallik sarmoya talab qiladi va biz uni beramiz
AVO platinum kredit kartasi — 100 mln so‘mgacha limit va 45 kungacha 0%
Toshkentdagi 5 ta studiya: narxlar, kompleks va qo‘shimcha imtiyozlar
7–10 yil oldin epilyatsiya bozori unchalik rivojlanmagan edi. Bugun esa lazerli epilyatsiyani taklif qiladigan go‘zallik salonlaridan tashqari, maxsus studiyalar ham bor.
Boshlanishida byudjet va tukning o‘sish tezligidan kelib chiqib, ish hajmini belgilaymiz. Men asosiy zonalar — oyoq va qo‘llar (maktabda shu yerlardagi tukdan uyalardim), bikini hamda qo‘ltiqni tanladim.
Toshkentdagi 5 ta studiyada lazerli epilyatsiya qancha turishini solishtiramiz:
Aksiya, chegirma, bonus tizimi Komplekslarga chegirma 4 ta zonaga 20% chegirma
Aksiyalar studiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilinadi
Yo‘q
Aksiyalar studiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilinadi
4 yoki 8 ta muolajali kursni xarid qilganda chegirma Bonus tizimi: do‘stingiz uchun keshbek
Kichik studiyalarda narxlar tarmoqlardagiga qaraganda arzonroq. Kompleks olsangiz yoki aksiyalarni (8 mart, Yangi yil) kutsangiz, anchagina tejaysiz.
3 ta studiyadagi shaxsiy tajribam va ular haqidagi fikrim
Estetik muolaja olmoqchi bo‘lsam, joy va mutaxassisga e’tibor beraman. Qulaylik va xotirjamlik muhim, shuning uchun epilyatsiyaga faqat opa-singillarim yoki yaqin dugonalarim tavsiyasi bilan borganman. Bu holatda joylashuv eng katta talablardan biri emas.
Kirishda baxila kiydirishadi. Kabinetdagi kushetkada bir martalik yopqich bor, toza xalat ham taklif qilishdi. Boshlashdan oldin mutaxassis zonani oq kosmetik qalam bilan bloklarga bo‘lib chizdi va himoya ko‘zoynagini berdi. Seansdan oldin ko‘zni bo‘yamaslikni maslahat beraman, chunki og‘riqdan ko‘zlaringizni qisganingizda tush ko‘zoynakda iz qoldiradi.
Muolaja paytida mutaxassis o‘zini bosiq, biroz sovuqqon tutdi; o‘zimni qanday xis qilayotganimni so‘rab turdi va qattiq qimirlaganimda sal tanbeh aralash boshini chayqab qo‘ydi. Muolaja oxirida tuklar olingan joyga namlovchi va sovutuvchi vositalar surtdi. Birinchi tashrifimdan keyin resepshenda kichik fikr anketasini to‘ldirishimni so‘rashdi. Umumiy taassurotim: yuragim jiz qilmadi, neytral joy.
Birinchi tashrifimda anketa va muolajalar uchun rozilik shaklini to‘ldirdim. Mutaxassis avvalgi tajribam qanday bo‘lganini so‘radi va anketada yo‘q ayrim masalalarni ham aniqlashtirdi. Kabinetdagi kushetkada bir martalik yopqich va himoya ko‘zoynaklari tayyorlab qo‘yilgan.
Mutaxassis xushmuomala va muloqotga ochiq edi: har bir harakatini tushuntirib bordi, qaysi zonaga o‘tayotganini yoki qayerda og‘riq bo‘lishi mumkinligini oldindan aytib turdi. Oxirida dezinfeksiyalovchi, tiklovchi va namlovchi vositalarni surtdi, yana bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar haqida eslatib o‘tdi. Apparat yaxshigina sovitgani uchun epilyatsiya paytida biroz sovqotdim, lekin mutaxassis boshdan-oyoq o‘rab qo‘yish uchun ikkita adyol tayyorlab qo‘ygandi.
Bu studiyada keyingi kelishingizga muolaja tugashi bilan navbat olib qo‘ying, chunki keyin bo‘sh joy bo‘lmasligi mumkin.
Filial manzili: Mirobod tumani, Avliyo-Ota ko‘chasi, 1 Mo‘ljal: Gospital bozori
Birinchi seansda mutaxassis og‘zaki so‘rov o‘tkazdi va avvalgi muolajalardan keyin qanday reaksiya bo‘lganini aniqlashtirdi. Kabinetda hamma narsa o‘z joyida edi: bir martalik yopqich, albatta, himoya ko‘zoynaklari ham bor.
Mutaxassis juda e’tiborli va sezgir edi: har bir zonada hech narsa bezovta qilmayotganini so‘rab turdi, qayerda og‘riq bo‘lishi mumkinligini oldindan ogohlantirdi. Tana yoki tuk miqdori haqida noo‘rin izohlar qilmadi. Muolajadan keyin to‘qimalar tiklanishini kuchaytiradigan vosita va quyoshdan himoya qiluvchi krem surtib qo‘ydi. Telegram’da muttaxasisni baholash uchun shakl yuborishdi, 30 kundan keyin qayta yozilish imkoniyati haqida eslatishdi.
Bu joyga ilk kelishimdan ko‘nglim tushdi — meni mehr va g‘amxo‘rlik bilan qurshab olgan mukammal mutaxassisni topdim.
Manzil: Yashnobod tumani, Boyqurg‘on berk ko‘chasi, 46 Mo‘ljal: Parkent bozori
Bu studiyalardagi xizmat ko‘rsatish darajasi yoqimli ajablantirdi: resepshendagi qizlar muloyim, ichimlik taklif qilishadi, hamma savollaringizga javob berishadi va mutaxassis bo‘shaguncha kutib turishingizni xushmuomalalik bilan so‘rashadi. Men mutaxassisning ish jarayonida o‘zimni qulay xis qilganim tufayli ALEX studiyasini tanladim.
Lazerli epilyatsiyadan keyingi xulosam
Gormonal zonalarda effekt sekinroq ko‘rinadi — 2–3 ta seansdan keyin tushkunlikka tushib qolmang. Natija faqat muolajani muntazam ravishda qilib borsangiz ko‘rinadi. Pulni behuda sarflamaslik uchun studiyaga borib, maslahat oling — ayrim joylarda bu bepul. Shunda qancha vaqt va pul kerak bo‘lishini tushunasiz, seanslar jadvalini ham belgilab olasiz.
Navbatdagi seansim avans bilan oylik orasidagi noqulay davrga to‘g‘ri kelganida AVO platinum kredit kartasi qo‘llab yubordi. Uning yordamida seansni ham o‘tkazib yubormadim, 45 kunlik imtiyozli muddat tugashidan oldin qarzni yopishga ham ulgurdim.
Hammaning reaksiyasi har xil — kimdir ko‘proq, kimdir kamroq qatnashi kerak bo‘ladi va bu oddiy hol. 9 oy ichida ketma-ket 6 marta bordim: 4-seansdan keyin boldirlarimdagi tuklar sezilarli darajada siyraklashdi. Qo‘ltig‘imdagi tuklarning 80% i ketdi. 5-seansdan keyin bikini va old yelka zonamda yaqqol o‘zgarish bo‘ldi. 6-seansdan keyin mutaxassis yana 1–2 muolajadan keyin boldir va qo‘ltiqni asosiy ro‘yxatdan chiqarib, bu zonalarda yarim yilda bir marta profilaktik seanslarga o‘tishimizni aytdi.
Bu yoz SPF’dan faol foydalandim, quyoshdan yashirinib yurdim, lekin aleksandrit lazer natijasidan mamnunman. Menga o‘xshab tanadagi keraksiz tuklardan uyalib yurishni istamaydigan qizlarga bemalol tavsiya qilaman.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda
Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.
Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling