Hurmatli mijozlar!
Sodiqlik dasturining belgilangan Qoidalariga muvofiq, AVO bank sodiqlik dasturining Umumiy shartlari va «AVOʼdan Telegram Premium» aksiyasi amal qilishi toʻxtatilishi haqida sizni xabardor qilamiz.
Quyidagi sanalarga eʼtiboringizni qaratamiz:
2026-yil 24-oktabrdan boshlab (mahalliy vaqt bilan) sodiqlik dasturi doirasida bonuslar hisoblanishi toʻxtatiladi.
2026-yil 30-oktabrgacha (mahalliy vaqt bilan) ilgari hisoblangan bonuslardan dasturning amaldagi shartlariga muvofiq foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi.
AVO bankʼga bildirgan ishonchingiz, sodiqlik dasturidagi faol ishtirokingiz va takliflarimizga boʻlgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangiliklar va yangi takliflarni rasmiy saytimizda hamda AVO bankʼning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida kuzatib boring.
Hurmat bilan,
AVO bank jamoasi

