Kuz — ajoyib fasl: sharf, qahva, hazonga aylana boshlagan barglar... Lekin yuz terisi uchun bu jiddiy sinov. Siz kuzning go‘zalligidan zavqlanayotgan paytda, shamol, isitish batareyalari va havoning o‘zgaruvchanligi teringizni bir zumda quritib, uni taranglashtiradi.
Salqin havolarni xotirjam va chiroyli o‘tkazish uchun M Cosmetic’ga borib, sovuq mavsumga mo‘ljallangan parvarish vositalarini qidirdim. Go‘zallik olamidagi narxlar qimmatlashib ketgani sababli hamyonimni qiynamaslik uchun arzonroq variantlarga qaradim. Bugun topgan narsalarim haqida sizga ham aytib bermoqchiman, byudjetingiz va yuzingiz terisi ehtiyojlariga qarab tanlang ✨
1-bosqich: yuzimizni namlantiramiz
Toner terini kremga tayyorlaydi. U yuzingizni yuvganingizdan keyin surtiladigan yengil suv bo‘lib, terini yumshatadi va kosmetika bir tekis surtilishiga yordam beradi. Mening terim ozgina quruq bo‘lgani uchun, konsultant TONYMOLY Wonder Ceramide Mochi Toner’ni tavsiya qildi. U yumshoq va tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, hatto sezgir teriga ham mos keladi. Do‘kondagi narxi 214 500 so‘m.

Lekin men o‘sha yerda arzonroq variant — Dzintars Moisturising’ni topdim. U TONYMOLY’dek yaxshi namlantiradi, lekin narxi deyarli uch barobar arzon — atigi 78 000 so‘m.
Teringiz menikidek sezgir bo‘lsa, xarid qilishdan oldin tester so‘rab, teringizning kichik qismiga surtib ko‘ring.













