Bolajonimning dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko‘rayotganimda, miyamda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi: tug‘uruqxonaga nimalarni olib borish kerak, qayerda xarid qilgan ma’qul, nima aniq kerak bo‘ladi-yu, nima keraksiz. Sharhlarni o‘rganib chiqdim, dugonalarim bilan maslahatlashdim — ma’lumotlar juda ko‘p edi. Tug‘ruqxonaga olib boriladigan sumkalar haqida ko‘plab maqolalarni o‘qidim, ro‘yxatlar va umumiy xarajatlar turlicha edi: kimgadir 1 mln so‘m yetarli bo‘lsa, kimgadir 5 mln so‘m ham kamlik qilgan ekan. Agar mening tajribam sizga vaqtingiz va asablaringizni tejashga yordam bersa hamda tayyorgarlikni yoqimli mashg‘ulotga aylantirsa, xursand bo‘laman
Muallif: Liliya Lenur
Tug‘uruqxonaga nima olish kerak
Kerakli narsalar | Soni | Nima uchun kerak |
|---|---|---|
Oyi uchun | ||
Yengil ko‘ylak yoki xalat | 3 dona | |
Ichki kiyimlar: qulay ichki kiyimlar, emizish uchun byustgalter | 3 dona | |
Hammom uchun rezina shippak | 1 juft | paypoq bilan kiymaslik uchun |
Tug‘ruqdan keyingi prokladkalar | 1 qadoq | har ehtimolga qarshi |
Hammom va qo‘l sochiqlari | 1 to‘plam | |
Choyshab | 1 to‘plam | |
Idish-tovoq: krujka, qoshiq, choy uchun termos, suv uchun idish | 1 to‘plam | menga kerak bo‘ldi — sut bo‘lishi uchun ko‘p suyuqlik ichishim kerak edi |
Sayohat o‘lchamidagi pardoz sumkachasi: kichik hajmli dush geli, shampun va tonik | 1 to‘plam | har kimning parvarish to‘plami farq qiladi: men iyul oyida tug‘gan edim, hatto yuzimni yuvishga ham kuchim yo‘q edi. |
Muhim mayda-chuydalar | ||
Pasport va uning kserokopiyasi | ||
Bank kartasi | ||
Smartfon uchun zaryadka | ||
Soch uchun rezinka | ||
Tish pasta va cho‘tkasi | ||
Taroq | ||
Lab balzami | ||
Paxta yostiqchalari | ||
Kichkintoy uchun | ||
Tagliklar | 1 qadoq | Dugonam Huggies Elite Soft 0 o‘lchamini tavsiya qildi, bizga mos keldi |
Bolalar nam salfetkalari | 1 qadoq | Huggies Elite Soft 0 oldim |
Yo‘rgaklar | 3 dona | Birinchisiga bolani tug‘ilganidan keyin darhol o‘rashadi, ikkinchisi beshik uchun kerak bo‘ladi, uchinchisi esa boshqalari kir bo‘lib qolsa yoki kiyim almashtirganda tagiga to‘shash uchun ishlatiladi. |
Kichik o‘lchamdagi sliplar | 3 dona | matoni mavsumga qarab tanlaymiz |
Raspashonka, polzunka va shapkachalar to‘plami | 1 to‘plam | |
Tug‘uruqxonadan chiqish uchun konvert | 1 dona | |
Bolalar sovuni, upa va taglik ostidan surtishga krem | to‘plam | Kamginadan oldim. Shifokor agar qizarish bo‘lmasa, hammayoqqa krem surtish va upa sepish shart emas dedi. |
Agar biror narsani unutib qo‘ysangiz, xavotir olmang — sotib olish yoki oila a’zolaringizdan olib kelishlarini so‘rashingiz mumkin.
Onalar soni qancha bo‘lsa, fikrlar ham shuncha: men sliplar o‘rniga raspashonkalarni tanladim va bunga afsuslandim. Tajribasiz ona sifatida chaqaloqning kiyimini almashtirish men uchun noqulay edi. Tug‘ruq bo‘limiga so‘rg‘ich va qo‘l sut sog‘gichni olib bordim, lekin ularni kiritishmadi, JSST tavsiyalariga ko‘ra ulardan foydalanish mumkin emas ekan. So‘rg‘ich bilan ishimiz yurishmadi, sut sog‘gich esa keyinchalik elektron turini sotib oldim. U chaqaloqsiz ko‘chaga chiqqanimda asqatdi.








