1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Yangi yil xaridlaridan maksimal foyda olish siri

Yangi yil xaridlaridan maksimal foyda olish siri

Har yili qishning asosiy bayramiga tayyorgarlik deyarli bir xil ssenariy bo‘yicha o‘tadi: hamma rejalar oxirgi paytga qoladi, asablar taranglashadi, hamyonning esa cho‘g‘i pasayadi. Shu sababli sovg‘a xaridlari zavq o‘rniga ko‘pincha charchoq va noqulaylikka aylanadi 😥

Ushbu maqolada yangi yil xaridini qanday rejalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va bayram kayfiyatini saqlab qolish haqida gaplashamiz.

1. Ro‘yxat tuzamiz

Yangi yilga kerak bo‘ladigan narsalarni oldindan o‘ylab qo‘ying. Bu archa o‘yinchoqlari, kiyim-kechak yoki bayram dasturxoni uchun kerakli mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Eng to‘g‘risi — ro‘yxat tuzing va  hayajondan qo‘shib tashlagan ortiqcha narsalarni o‘chirish uchun ertasi kuni yana bir marta ko‘rib chiqing.

Sovg‘alar tanlashda qiynalmaslik uchun yaqinlaringizdan o‘z vishlistlarini tuzishlarini so‘rang. Buni maxsus onlayn servislarda yoki messenjerda alohida chat ochib qilishingiz mumkin.

1. Ro‘yxat tuzamiz

2. Byudjetni taqsimlaymiz

Ro‘yxatni ko‘zdan kechirib, xaridlaringiz uchun taxminiy byudjet tuzing. Pulni  alohida kartaga o‘tkazgan yaxshi. Shunda qancha qolganini oson kuzatasiz va tasodifiy xohishlarga sarflab yubormaysiz.

Keshbeklar bilan yaxshigina tejash mumkin. Masalan, AVO platinum kredit kartasi

bilan to‘lasangiz, birinchi xariddan 100 000 so‘mgacha, keyingi har bir xariddan esa 1% qaytadi.

3. Onlayn xarid qilamiz

Agar xaridlaringizning asosiy qismini onlayn olish imkoniyati bo‘lsa — buyurtma qiling. Bu sizga vaqt tejab, boshqa ishlarga ulgurishga yordam beradi. Bir nechta onlayn-do‘kondagi narxlarni solishtiring. Yana, chegirma va aksiyadagi mahsulotlarni qidiring — dekabrda ko‘p narsalar chegirmada bo‘ladi.

Barakali juma: −90% gacha 🔥

Chegirmalarni o‘tkazib yubormang — kredit karta bilan pul doimo qo‘l ostingizda

Bepul ochish

4. Oflayn xarid qilamiz

Hammamiz savdo markazlaridagi bayramona muhitdan zavqlanishni istaymiz. Lekin bunday sayrlar ko‘pincha beixtiyor xaridlarga olib keladi. Shuning uchun darhol o‘z yangi yil ro‘yxatingizni oching va undan chiqmaslikka harakat qiling. Noyabr va dekabrda do‘konlarda «barakali juma» kabi aksiyalar bo‘lib turadi — bu qimmat o‘yinchoqlar, kiyim-kechak yoki texnika xarid qilish uchun ajoyib imkoniyat.

Yirik xaridlarni dekabr oxiriga qoldirmang. Bu kunlarda uzun navbatlarda vaqt va asablaringizni ketkazmang. Yangi yil bezaklarini ham noyabr oxiri yoki dekabr boshida olgan yaxshi — keyinroq girlyanda, archa o‘yinchoqlari va zarlar narxi osha boshlaydi.

4. Oflayn xarid qilamiz

Agar bir xil sovg‘alardan ko‘p miqdorda olish kerak bo‘lsa, masalan, shirinliklar — ulgurji olganda chegirma bor-yo‘qligini so‘rab ko‘ring. Yangi yil dasturxoni uchun mahsulotlarni ham shu usulda oling: ko‘p mehmon kelsa, ulgurji xarid ancha arzon tushadi.

Kosmetika do‘konlarida chegirma yoki bonus bilan sotiladigan sertifikatlarni ham ko‘ring.  Bu ham qulay go‘zallik sovg‘asi bo‘ladi — sovg‘ani olgan odam karta bilan o‘ziga mos keladigan parvarish yoki dekorativ kosmetika olishi mumkin.

Xarid bo‘yicha layfhaklar

Har bir do‘konda sodiqlik kartasi bor-yo‘qligini aniqlang. Ko‘pincha karta ochilgan, bonuslar yig‘ilgan, lekin siz bundan bexabar bo‘lib chiqasiz. Agar karta bo‘lmasa — bunday dasturlarga qo‘shilishdan uyalmang, kelajakda foydasi tegadi.

Xaridlar vaqtida imkon qadar ko‘proq sodiqlik dasturlaridan foydalaning. Masalan, smartfonni «barakali juma» aksiyasi doirasida, qo‘shimcha bonuslardan foydalanib, ustiga keshbek tushadigan karta bilan olish mumkin. Tejagan pulga o‘zingizga bayram bezagi yoki yangi ko‘ylak sotib olishingiz mumkin.

Xarid bo‘yicha layfhaklar

Agar tasodifiy xariddan o‘zingizni tiyib tura olmasangiz, uning qanchalik oqilona ekanini cost per wear   usuli yordamida baholab ko‘ring. Bu usulni faqat kiyimlarga emas, boshqa narsalarga ham qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. Narsaning narxini undan foydalanish kunlariga bo‘ling — shunda uning haqiqiy qiymatini ko‘rasiz. Masalan, yulduz va qor parcha rasmlari tushirilgan qimmat dasturxonni yiliga bir marta ishlatasiz. Lekin bazaviy, mayin ranglardagi dasturxonlarni turli bayramlarda ham ishlatish mumkin.

Yangi yil xaridlari ham arzon, ham qulay bo‘lishi mumkin. Biroz rejalashtirish, aksiyalarni kuzatib borish orqali bayramga tayyorgarlik bonuslar va eng yaxshi yechimlarni izlashga aylangan qiziqarli o‘yinga aylanadi.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl💸 Pul
Yuna Korostelyova
Muharrir maqolalari
15.12.2025
5 daqiqa
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•