1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. «Maynkraft kinoda»: qanday qilib bloklar katta ekranlarni zabt etmoqda 🧱

«Maynkraft kinoda»: qanday qilib bloklar katta ekranlarni zabt etmoqda 🧱

Kino ko’rishga kelib: «Qani, nimani qoyillatibdi bular?», — deb o’ylaysiz. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o’tmas, shunchaki tomoshabindan Overworld ichidagi qahramonga aylanasiz. Qo‘lingizda tesha. Inventarda — bahaybat tosh va qo’rquv aralash hayajon. Yoningizda Stiv paydo bo’lib: «Qazishni boshla», — deb aytadi. 😮‍💨

Ha-ha, o‘sha siz bilgan Stiv. To’rtburchak boshli, xuddi biz yasagan uylarga o’xshab, xarizmatik, xuddi sevimli strimerlarimizga o’xshab, ovozi esa — har gapidan keyin qotib-qotib kulishga majbur qiladigan Djek Blekniki.

Foto: yandex.uz

🎮 Maynkraft-cha tirikchilik

Film syujeti juda oddiy: 4 ta o‘smir Maynkraft olamiga tushib qoladi va birga uyga qaytishga harakat qilishadi. Lekin bu «biz dunyoni qutqaramiz» degan g’oya haqida emas. Bu yerda — «biz kraftlashamiz, quramiz, tirik qolishga va birinchi daqiqalardayoq vulqonda yonib ketmaslikka harakat qilamiz».

Film shunaqa real qilib olinganki, avtomat tarzda «E» tugmasini bosib, inventarni ochgingiz kelaveradi (spoyler: bu film, inventar ochilmaydi 😭).

Foto: «A Minecraft Movie» filmidan kadr, rej. Jared Xess


Ular shaxtalarni loot qilishadi, piglinlar bilan kurashishadi, kriperlardan yashirinishadi (ha, ular hali ham eng kutilmagan paytda portlaydi) va real dunyoga qaytish uchun bloklardan ko‘prik qurishadi. Come on, kim yana shunaqa film olishi mumkin?

Biz erkinlik va biroz tartibsizlik hissini saqlab qolishni xohladik. Xuddi o‘yindagidek: qurmoqchimisan — qur, o‘rgimchaklardan qochmoqchimisan — bemalol

Jared XessFilm rejissyori

Foto: yandex.uz

😂 Kinozallar 2012-da reyd vaqtidagidek kulgiga to’la

Toshkentda Magic Cinema'dan tortib Cinematica'gacha — deyarli barcha yirik kinoteatrlarda filmni tomosha qilsa bo’ladi. Zallarda faqat bolalar emas, kattalar, ota-onalar, old-school'chilarni ham ko’rish mumkin. Tunlari yer ostidan yo‘l qazib, shahar qurganlarning hammasi shu yerda.

Ijtimoiy tarmoqda shunday izoh topdik: «Bu oddiy kino emas. Bu do‘stlarimiz bilan kechki reydlarga tushgan vaqtlarimizga  fleshbek. O‘g‘lim bilan birga bir xil qiqirlashib kuldik». Bu ajdodlardan avlodlarga o’tadigan xotira. Piksellar orqali. Kulgi orqali. Tesha orqali.

Foto: «A Minecraft Movie» filmidan kadr, rej. Jared Xess

Bolalarim shu o’yinga yopishib olishgan, ular bilan bitta tilda gaplashish uchun shu o’yin tilini o’rganishga qaror qildim

Djek BlekFilmda Stivning ovozi

💸 Bu faqat nostalgiya haqida emas — bu haqiqiy iqtisod ham

Film 10 kun ichida $724 mln pul yig‘di. Bu esa 3 ta yirik studiya filmini qo‘shib hisoblagandan-da ko‘proq. Bu shunchaki raqam emas. Bu — signal. Kuchli signal. Chunki o‘yinlar madaniyati endi «faqat bolalar uchun» degan narsa emas. Bu — global bozor.

Ayniqsa hozir O‘zbekistonda dolzarb masala. Chunki bizda game development, raqamli mahsulotlar va kreativ iqtisodiyot endi-endi shakllanmoqda. Bu film esa jonli misol: o‘yin → kino → milliard. Hammasi real, hammasi mexanika bo’yicha.

Foto: «A Minecraft Movie» filmiga afisha, rej. Jared Xess

🪵 2010-yillarda yerlardan qurganmiz. Endi — xotiralardan

Bir paytlar tosh yetmaganidan tomsiz uylar qurganmiz. Maydon o’rtasida yotgan kravatda uxlaganmiz. Bitta blok orqasida zombilardan yashiringanmiz. Lekin bu bizning vaqtimiz edi. Va mana endi o‘sha dunyo yana biz bilan. Ekranda. Katta portlashlar, ko‘z yoshlar va kulgilar bilan.

Bu filmda qahramon bo‘lish shart emas. Bu filmda birinchi blokni qo’ysangiz bo’ldi. Keyin esa sekin-sekin kerakli nimalardir qurilishni boshlaydi. O‘yindagiday. Yoki hayotdagiday.

Foto: «A Minecraft Movie» filmidan kadr, rej. Jared Xess

Filmni hali ko‘rmagan bo‘lsangiz — albatta ko’ring. Hamma narsa to’rtburchak, lekin hammasi chinakam bo’lgan vaqtga o’zingizni teleport qiling. Bittagina tesha bilan o’zingizni qahramondek his eting.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
25.04.2025
7 daqiqa
Diyar Amanullayev
Maqola muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•