1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Internet to’g’risida yangi qonun: kim uchun, nimaga va qanday qilib

Internet to’g’risida yangi qonun: kim uchun, nimaga va qanday qilib

O‘zbekistonda internetda tartib o‘rnatishga qaratilgan yangi qonun qabul qilinmoqda. Bu shunchaki «yana bir hujjat» emas — bu qonun barcha uchun muhim o’ringa ega: tunlari reelslarni skrollaydiganlardan tortib, 100 000 auditoriyali inflyuenserlar va sayt egalarigacha. Bu nima deganligini odam tilida tushuntiramiz.

G’oya oddiy: davlat internetda betartiblik bo‘lmasligini istayapti. «Hamma narsani taqiqlash» uchun emas, balki odamlar chiqindi-kontent, feyklar, spam va keraksiz reklamalardan charchagani uchun. Endi bularning barchasi tushunarli qoidalar asosida tartibga solinadi.

📍 Kontentingiz o‘chirildimi? Tushuntirishlarini talab qiling

Platformalar nima uchun sizni bloklagani yoki postingizni o‘chirganini aniq tushuntirishi shart. «Qoidani buzdingiz» degan javob endi o‘tmaydi — sabab, skrinshot, qoida va havola bilan tushuntirish kerak bo‘ladi. «Adminning kayfiyati yo’qroq edi — shuning uchun o‘chirib yubordi» kabi bahonalar davri o‘tib bormoqda.

💬 Shikoyatlar endi hazil emas

Agar kimdir haqorat, bema’ni gap yoki feyk joylashtirgan bo‘lsa — shikoyat qiling va u platforma tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. «Murojaatingiz qabul qilindi, sabr qiling» degan javoblar o‘tmaydi. Platforma nima qilganini va nega aynan shunday qilganini tushuntirishi kerak.

🧍 Platformalar endi «ko‘rinmas» bo‘la olmaydi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan onlayn platformalar endi mamlakatda rasmiy vakilga ega bo‘lishi kerak. Bot emas, haqiqiy inson yoki kompaniya. Muammo bo‘lsa, javobgarlik ana shu vakil yelkasiga tushadi. Endi hech kim Singapurda yashirinib: «Bu mening serverim emas», deya olmaydi.

🚫 Feyk, zo‘ravonlikka chaqiriq, giyohvandlik va zararli kontentlarga — ban

Qonunda qanday kontent noqonuniy hisoblanishi aniq yozilgan. Zo‘ravonlik, vahima tarqatuvchi feyklar, ekstremizm, giyohvand moddalar, pornografiya, haqorat va fishing havolalar — shu turdagi kontentni 24 soat ichida o‘chirish kerak. Aks holda saytni bloklashlari yoki tezlikni pasaytirishlari mumkin — EDGE davridagi tezlikka qaytamiz, xullas.

🤖 Platformalar endi algoritm bilan sizni alday olmaydi

Nima uchun sizga aynan shunday kontent ko‘rsatilishini hech o’ylaganmisiz? Sababi — sizni kuzatuvchi algoritm bor. Endi bu algoritmlar ochiq bo‘lishi kerak: platforma nima asosida sizga kontent ko‘rsatayotganini tushuntiradi va sizga istalgan kontentni o‘chirish imkoniyati taqdim etiladi.

📵 Soliqsiz reklama — buning ham oxiri bor

Agar siz blog yuritsangiz, unda reklama orqali pul topsangiz-u, buni hech kim sezmaydi deb o’ylasangiz — siz uchun yomon yangiligimiz bor. Endi inflyuenserlar kontent orqali topgan daromadidan soliq to‘lashlari shart. Storisda reklamami? Soliq to‘laysiz. Lentada brend obzorimi? Soliq to‘laysiz. Hatto 15 000 obunachili bo‘lsangiz ham — bu biznes. Xullas, «halol ishlang — halol to‘lang».

📉 Qoidaga bo‘ysunmaysizmi? Natijasini ko‘rasiz

Agar platforma ogohlantirishlarga e’tibor bermasa — internet tezligi cheklanadi. Hazil emas. Sayt shunchalik sekin ochiladiki, bu vaqtda siz bemalol choy damlashga ham ulgurasiz. Jiddiy qarshilik ko’rsatsangiz — bloklab qo’yishadi. Internet endi bolalar o’yinchog’i emas. Davlat organi tomonidan «jarimachilar» ro’yxati yuritiladi va uni hech kimdan yashira olmaysiz.

🔐 Ma’lumotlaringizni himoya qilish haqida

Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin sizga qanday ma’lumotlar yig‘iladi va nima uchun — bular, albatta, tushuntirilishi kerak. Agar sizning ma’lumotlaringiz sizib chiqqan bo‘lsa — bu haqda sizni zudlik bilan ogohlantirishlari shart. Shaxsiy ma’lumotlar — konfetti emas, ularni har qayerga sochib bo‘lmaydi.

👩‍🎤 Kommentlar — bloger javobgarligida

Agar siz blog yuritsangiz, 10 000 dan ortiq obunachiga ega bo‘lsangiz va jamiyat, siyosat yoki kripta haqida gapirsangiz — endi mas’uliyat sizning zimmangizda. Yolg‘on, haqorat yoki ma’lumotlarni chigallashtirish akkauntingiz bloklanishi yoki vaqtincha muzlatilishiga olib kelishi mumkin.

Kommentlar uchun ham siz javob berasiz. Kimdir fishing havola tashlasa yoki nafrat tarqatsa — siz javobgar bo‘lasiz. Sud qarorisiz tergov tafsilotlarini post qilish yoki «kim aybdor» bo’lishini bashorat qilish ham taqiqlanadi. Endi hammasi jiddiy.

🏁 Qanday xulosaga keldik?

Internet — shunchaki memlar va TikTok emas, u hayotimizning bir qismi. Yangi qonun halol, hurmat bilan va tushunarli qoidalar asosida yashashni taklif qilmoqda. So‘z erkinligi qoladi, qoidabuzarliklar va feyklar erkinligi esa — yo‘q.

Qonun hozircha muhokamada, lekin qabul qilinsa, ommaga e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Qonunning to‘liq matnini bu yerda o‘qing Onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
13.05.2025
10 daqiqa
Muzaffar To'xtasinov
Maqola muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•