Yil oxiriga kelib odatdagi «Hammasiga ulgurish» marafoni boshlanadi — ishdagi yopilmagan vazifalarni oxirlab qo‘yish, uyni yig‘ishtirib, bezash, sovg‘a-salomlar olish, yana yil qanday o‘tganligi haqida o‘ylash ham kerak bo‘ladi. Natijada bayram kayfiyati o‘rniga charchoq hissi paydo bo‘lib, hamma narsani tashlab qo‘ygingiz keladi.
Haqiqatan dam olishning eng zo‘r yo‘li — joyni almashtirib, dekabrning oxirgi haftalarini palmalar ostida yoki anchadan beri borishni xohlagan shaharda o‘tkazish. Siz uchun Toshkentdan Yangi yil arafasida qayerga uchib ketish mumkinligi haqida kichik qo‘llanma tayyorladik.
Birlashgan Arab Amirliklari
Abu-Dabi dekabr oyida plyaj ta’tili va shoping qilish uchun juda mos. Kunduzi havo harorati odatda 30 darajadan oshmaydi, kechga borib esa Fors ko‘rfazidan yoqimli salqin shabada esadi. Yangi yilni esa BAAda katta dabdaba bilan nishonlashadi, rang-barang feyverklar yoqishadi, ochiq havoda konsertlar va kechalar uyushtirishadi.
Dekabr boshida Abu-Dabida Formula-1 mavsumining kutilgan final bosqichi — uch kunlik marafon bo‘lib o‘tadi. Juma kuni — erkin mashg‘ulotlar va kechki Post Malone konserti, shanba kuni — saralash poygalari va Metallica shousi, yakshanba kuni esa — mavsumning so‘nggi poygasi va Katy Perry chiqishi rejalashtirilgan. Poyga 5–7-dekabr kunlari Yas orolida o‘tkaziladi. Chiptalarni Formula’ning rasmiy saytida sotib olish mumkin, narxlar taxminan 5 mln so‘mdan boshlanadi.
31-dekabrda esa Fors ko‘rfazi manzarasiga ega ochiq terassada John Legend konserti bo‘lib o‘tadi. Kecha mehmonxonaning Mishlen yulduziga ega restoranlaridan birida bayramona kechki ovqat bilan boshlanadi, keyin esa salyutlar va didjeylar ishtirokidagi kecha bilan davom etadi. Yangi yil kechasi uchun chiptalarni John Legend’ning jahon gastroli saytida














