Men yaqinlarimni bayramlarda sovg'alar bilan xursand qilishni yaxshi ko'raman. Lekin, to'g'risini aytganda, sovg'a tanlash jarayoni ba'zan haqiqiy sinovga aylanadi. Bu vazifani yengillashtirish uchun men ajoyib gadjetlarni o'z ichiga olgan kichik to'plam tayyorladim. Ular Yangi yil sovg'asi uchun ajoyib variant bo'lib, hamyoningizga ham zarar yetkazmaydi.
Simsiz quvvatlachli PowerBank
Bu qurilma — haqiqiy topilma! Uning egasi har qanday vaziyatda: safarda bo‘ladimi yoki divanda o‘tirib dam oladimi, doim aloqada qoladi. Telefonni quvvatlash uchun endi USB-kabelni qidirish yoki issiq joyingizdan turish shart emas. Eng muhimi, powerbank sotib olishdan oldin smartfon shunday funksiyani qo‘llab-quvvatlashini tekshiring.
Uzum Market'da narxi — 109 000 so'm

3D kristal sharchali tungi chiroq
Bu hozit eng trendbop sovg'alardan bo'lib, bir qarashdayoq o'ziga maftun qiladi! Uch o'lchovli dizaynga ega kristal sharcha interyerda zamonaviy aksent bo'ladi. Bunday tungi chiroq qulay muhit yaratadi va ichki yoritish tufayli ko'plab funksiyalarni bajaradi. Bu do‘stingiz, hamkasbingiz yoki o‘zingiz uchun ideal sovg'a bo'ladi.
Uzum Market'da narxi — 49 000 so'm















