1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Toshkentda yosh kelin-kuyovga toʻyda qancha pul sovgʻa qilgan maʼqul?

Toshkentda yosh kelin-kuyovga toʻyda qancha pul sovgʻa qilgan maʼqul?

Siz toʻyga taklifnoma oldingiz va konvertga qancha pul solish haqida bosh qotiryapsiz. Qanday qilib hamyonni qiyin ahvolga solmaslik, shu bilan birga mezbonlar oldida noqulay vaziyatga tushib qolmaslik mumkin? Toshkentliklar bilan ularning toʻylarida qancha pul sovg‘a qilishgani va oʻzlari mehmonga borganda qancha xarajat qilishga tayyor ekanliklari haqida gaplashdik — quyida oʻrtacha raqamlar va odamlarning fikrlari bilan oʻrtoqlashamiz.

Nega aynan pul sovgʻa qilgan yaxshi?

Hozirgi kunda toʻyga naqd pul berish uyat hisoblanmaydi. Aksincha, pul eng universal sovgʻaga aylanib boʻldi. Bu mehmon uchun ham juda qulay: doʻkonma-doʻkon yurib, sovgʻa qidirib bosh ogʻritgandan koʻra, bitta chiroyli konvert sotib olish kifoya. Qolaversa, boʻlajak er-xotinlarning oʻzlari ham koʻpincha shu variantni maʼqul koʻrishmoqda.

Kimdir toʻy xarajatlarini yopishi kerak — dabdabali marosimlar har qanday oilaning choʻntagiga jiddiy zarba berishi sir emas. Toʻy xarajatlarini toʻliq qoplab boʻlmasligi aniq, biroq koʻp yoshlar byudjetni rejalashtirishda aynan mana shu pullarga umid qilishadi. Boshqalar uchun esa yangi uyni jihozlash birinchi oʻrinda turadi. Yoshlar toʻydan keyin alohida yashashni boshlaydi, kimdir ota-onasi bilan qolib, uyni yangidan ta’mirlaydi, yana kimdir ijara yoki yangi kvartiraga koʻchib oʻtadi. Bunday vaziyatda sovgʻa qilingan pullar maishiy texnika, mebel yoki uy xarajatlariga sarflanadi.

Agar uy-joy masalasi hal boʻlgan boʻlsa, er-xotin asal oyiga yoʻl olishlari mumkin. Toʻy faqat eng yaqinlar davrasida ixchamgina oʻtgan boʻlsa ham, yigʻilgan pullar Turkiya, Tailand yoki hatto Maldiv orollariga borib kelishga bemalol yetadi.

Xoʻsh, toʻyga qancha beriladi?

150 kishilik oʻrtacha anʼanaviy toʻy kamida 5 000$ ga tushadi. Toʻyga kelgan mehmonning puli, eng kamida, restorandagi bitta oʻrin narxini qoplashi kerak degan yozilmagan qoida bor. Oʻrtacha hisobda bu bir kishi uchun 30$ dan 50$ gacha toʻgʻri keladi. Yurtdoshlarimizning baʼzi viloyatlarda hatto kim qancha pul berganini daftarga yozib qoʻyish odati bor, toki keyinchalik ularning toʻyiga ham xuddi shu miqdorda qaytarilsin.

Xullas, yirik kupyuralarda 50$ yoki 500 ming soʻm — tanishlar, hamkasblar va uzoqroq qarindoshlar uchun ayni muddao. Agar toʻyga faqat eng yaqin insonlar chaqirilgan boʻlsa, bu summa kattaroq boʻlishi mumkin.

Niginaning 2024-yilda boʻlib oʻtgan 30 kishilik kichik toʻyida mehmonlar 100$ dan berishgan. «Yaqin qarindoshlarimiz koʻproq berishdi, ota-onam va akam esa 1 500$ sovgʻa qilishdi». Kelin-kuyov uyga maishiy texnika olishni rejalashtirishgan edi va maqsadlariga erishishdi.

Lianaga oʻtgan yili har bir mehmon 75$ dan sovgʻa qilgan, toʻy esa faqat oʻzinikilar uchun shahar tashqarisidagi soʻlim maskanda oʻtgan. Ota-onalar va yaqin qarindoshlar 100$ dan berishgan, bir oila esa birgalashib 500$ ulashgan. Yana bir guruh qarindoshlar sanʼatkorga maxsus qoʻshiq buyurtma qilib, uni yangi uylanganlarning rasmlari tushirilgan video lavha ostida kuylatishgan.

Oxirgi bir necha yil ichida toʻyona miqdori deyarli oʻzgargani yoʻq: «Bizga xona gullari, elita ichimliklar, suvenirlar, dizaynerlik buyumlari va 50$ dan 100$ gacha pul sovgʻa qilishgan», — deydi toʻyi 2022-yilda boʻlgan Lera. Uning turmush oʻrtogʻi Timur esa doʻstlarga 100$ dan kam berish sal noqulayligini, lekin uzoqroq tanishlar boʻlsa, pul almashtirish shaxobchasida vaqt yoʻqotmaslik uchun konvertga shundoqqina 500 ming soʻm solib qoʻyishini aytdi.

Hamma juftliklar ham toʻy xarajatlarini toʻyonalar hisobidan yopishni oʻylamaydi. Agar fotiha uzoq muddatga belgilangan boʻlsa yoki toʻy oldindan rejalashtirilsa, qarzga botib ketmaslik uchun byudjetni boshidanoq toʻgʻri taqsimlagan maʼqul. Masalan, AVO omonatini ochib, toʻygacha boʻlgan yarim yillik tayyorgarlik davomida yillik 23,5% gacha foyda olish va keyinchalik ortiqcha xavotirsiz xarajatlarni qoplash mumkin.

Omonat oching va orzungiz uchun pul jamgʻaring

Sayohat, oʻqish, yangi smartfon yoki shinam uy

Omonat ochish

Puldan tashqari yana nima sovgʻa qilsa boʻladi?

Aytaylik, siz baribir pul emas, narsa sovgʻa qilmoqchisiz. Buning uchun bir nechta sinalgan variantlar bor. Gʻarbdagi toʻylarda kelin-kuyovning doʻstlari ular oldindan tuzib chiqqan roʻyxat wishlist asosida dekor yoki texnika xarid qilishadi: kimga nima, qayerdan va qancha miqdorda kerakligi hammaga maʼlum boʻladi. Bu toʻy reyestri deb ataladi va toʻydan yarim yil oldin tayyorlanadi. Oʻzbekistonda bu urf hali ommalashmagan — shuning uchun bir xil narsa sovgʻa qilib qoʻyish, rangini adashtirish yoki keraksiz buyumga pul sarflab qoʻyish xavfi yuqori. Agar yoshlar aynan nima xohlayotganini bilmasangiz, ularning yaqinlaridan ohista soʻrab bilishingiz yoki yoshlarning oʻzidan nima kerakligini soʻrashingiz mumkin.

Toʻyimizga kimdir ustiga oilaviy hayot haqidagi hazillar oʻyib yozilgan shampan bokallarini sovgʻa qilgandi. Ular menga oʻsh paytdayoq yoqmagan, mana 5 yildirki, u idishlardan biror marta ham foydalanmadik. Undan koʻra pul berishganda foydaliroq boʻlardi.

Lera

Agar bu anʼanaviy oʻzbek toʻyi boʻlsa, ertasi kuni kelin salom marosimi ham bor. Unga mehmonlar odatda roʻzgʻorbop narsalar: maishiy texnika, idish-tovoq yoki koʻrpa-yostiq sotib olishadi.

Samarqand va Buxoro tomonlarda kelinga tilla taqinchoqlar sovgʻa qilish urf boʻlgan. Odatda tillani eng yaqin ayol qarindoshlar: qaynota-qaynona, qaynisingillar taqishadi. Oʻzbek tili oʻqituvchisi va toʻylarning doimiy mehmoni Dilfuza Gʻafurovnaning aytishicha, kim qanday tilla berganini eslab qolish kerak, chunki keyinchalik ularnikiga ham xuddi shunday qiymatdagi taqinchoq bilan borish kerak boʻladi.

Kim necha gramm tilla sovgʻa qilganini albatta daftarga yozib qoʻyish kerak.

Dilfuza Gʻafurovna

Yana bir ajoyib variant — toʻyni tashkillashtirishda yordam berish.

Agar doʻstlarimning toʻyiga boradigan boʻlsam, kamida 50$ berardim. Yana qoʻlimdan kelgancha yordamlashardim. Kerakli odamlarning kontaktlarini berish, gʻoyalar bilan boʻlishish, birga gul bozoriga borish degandek — xullas, odam kuchi kerak bo‘lgan joyda koʻmaklashardim.

Liana

Kichikroq toʻylar koʻpincha yoshlarning oʻz kuchi bilan tashkil qilinadi. Bu oson ish emas: joyni ijaraga olish, yegulik va ichimliklarni buyurtma qilish, hamma joyni bezatish va tasvirga olish kerak. Agar tashkiliy ishlardan birortasini, masalan, videograf yoki dekorator xizmatini, toʻliq oʻz boʻyningizga olsangiz, bu juda katta va unutilmas sovgʻa boʻladi.

Xulosa qilamiz

Eng minimal summa — 30$ atrofida. Tanishlar va hamkasblar uchun 50$ atrofida, yaqin doʻstlar hamda qarindosh-urugʻlar uchun esa 100$ dan boshlab pul sovg‘a qilish mumkin. Agar katta toʻyga bir guruh boʻlib, masalan, sinfdoshlar, kursdoshlar yoki qoʻni-qoʻshnilar, boradigan boʻlsangiz, oʻzaro kelishgan holda pul yigʻib, umumiy nomdan bitta konvert qilganingiz maʼqul. Shunda har bir kishining hamyoniga tushadigan ogʻirlik ancha kamayadi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
10.07.2026
5 daqiqa
Vera Mixailovna Karpova
Maqola muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•