Men hammasi reja bo‘yicha ketishini yaxshi ko‘raman. Lekin Yangi yil arafasida bu deyarli imkonsiz — havoda mandarin, hamyonda esa yengil vahima hidi kelib turadi.
Har dekabrda o‘tmishdagi sovg‘a ortidan yugurish marafonlarim yodimga tushadi: olomon, kutilmagan xaridlar, «bayram-ku» degan fikr bilan ortiqcha sarf-xarajatlar. Keyin esa yanvar keladi, xarajatlarni hisoblash va xo‘rsinishlar boshlanadi. Bir payt o‘zimga: «Bo‘ldi, yetar. Yangi yilni har bitta sarflagan tiyinim uchun o‘zimni aybdor his qilmasdan kutib olmoqchiman», dedim.
Bu yil aynan shunday ham bo‘ldi! Endi siz bilan byudjetni qanday rejalashtirganim va eng yaxshi chegirmalarga qanday ulgurganim bilan bo‘lishaman.

Yangi yil xaridi qoidalarim
Men tizimni buzishga qaror qildim va sovg‘alar ro‘yxatini 31-dekabrdan bir oy oldin tuzdim. Shunday qilib, hamma xarajatlarni taqsimlab, hamma narsani oxirgi paytda sotib olmasdan, foydali takliflarga ulgurib qoldim. Noyabr oyida 3 mln so‘mim bor edi, lekin bu ro‘yxatdagi hamma sovg‘aga yetmasligi aniq edi. Shunda aprel oyida har ehtimolga qarshi ochgan kredit kartam qo‘l keldi.
Odatdagidek, eng kichik bolalardan boshladim. An’anaga ko‘ra, Urban XS Toys tarmog‘ida chegirmalarni kutib turdim — kenja qizim uzoq vaqtdan beri orzu qilgan LEGO konstruktorini sotib oldim. Jiyanlarim uchun ham bir nechta yoqimli haykalchalar va ularning sevimli multfilmlaridan to‘plamlar oldim. Yana, wildberries’da kitoblar va rivojlantiruvchi o‘yinlar buyurtma qildim. U yerda odatda oflayn do‘konlarga qaraganda arzonroq bo‘ladi.










