Menga, bir umr navbatda turgan, hamma narsani kassa orqali to‘lagan va qog‘oz kvitansiyalarni yig‘ib yurgan katta yoshli erkakka — bu haqiqatan ham qulay bo‘ldi. Yana, bu qarz emas, balki o‘zimning kelajakdagi pulim bo‘lgani uchun kredit kartasidan uyalmasdan foydalanish mumkinligi yoqib tushdi. Asosiysi, o‘z vaqtida qaytarsam, u pul kerak vaqtda qo‘llab yuborar ekan.
Bu voqeadan keyin AVO’dan qanday foydalanayotganimga e’tibor berdim. Va batafsil tahlil qilishga qaror qildim: ilovada nimalarni to‘lash mumkin, buni qanday qilish kerak va umuman nima uchun kredit limiti olish kerak. Sizga yoki ota-onangizga asqotadi deb, siz bilan ham bo‘lishmoqchiman.

Kommunal to‘lovlar
Chiroq, gaz, suv, issiqlik energiyasi, axlat chiqarish — bularning barchasini AVO’da onlayn tarzda tez to‘lash mumkin: shunchaki hisob raqamini kiritasiz, tizim darrov qancha to‘lash kerakligini ko‘rsatadi. To‘lov 1 daqiqadan kam vaqt oladi va kvitansiya avtomatik tarzda saqlanadi.
Qulay tomoni shundaki, agar har doim bir xil to‘lov qilsangiz, ularni saqlab qo‘yishingiz mumkin. Shunda keyingi safar to‘lov qilganingizda hech narsani qayta kiritishingizga hojat qolmaydi — summani kiritib, to‘lovni tasdiqlasangiz bo‘ldi.
Bu, ayniqsa, qishda, gaz yoki issiqlik energiyasi uzilishi shunchaki «noqulaylik» emas, balki haqiqatan ham jiddiy muammo bo‘lganida darrov seziladi. AVO bilan idoralarga yugurish, sovuqda terminal qidirish yoki to‘lovni ertaga qoldirishning hojati yo‘q. Hatto tungi soat 3 da ham to‘lab ham muammoni hal qilasiz.
Uzilishlarsiz internet va aloqa
AVO bilan istagan mobil aloqa operatorlari, internet provayderlari va hatto uy telefoniga ham to‘lov qilish mumkin. Siz ham menga ham o‘xshab, boshqalar uchun ham to‘lov qilsangiz, bu juda qulay. Masalan, ota-onangizning dala hovlisidagi internetiga, buvingizning uy telefoniga, ukangizning hisobiga to‘lov qilish mumkin.
Raqamni kiritasiz, ilova o‘zi operatorni aniqlab, barcha ma’lumotlarni avtomatik ravishda to‘ldiradi. Xato qilish ehtimoli juda kam. Hamma narsa bir zumda bajariladi.
AVO orqali kerakli xizmatlarga to‘lov qilishni katta yoshdagi odamlarga ham o‘rgatish mumkin. Eng muhimi, ularni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga ogohlantirish kerak.
O‘qish, kontrakt va bolalar bog‘chasi
Talaba yoki ota-onamisiz? Unda to‘lov vaqti kelganida oylik tugab qolishi siz uchun yangilik emasdir? AVO’da kontrakt yoki bog‘cha to‘lovini kredit limitidan to‘lashingiz, keyin esa oylik tushgach, shunchaki summani qaytarishingiz mumkin.
Bunday imkoniyat to‘lovni kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Hech kim oliy o‘quv yurtida muammolarga duch kelishni, to‘lovlarni kechiktirishni yoki «sizni bugun guruhga kiritishmaydi» degan gaplarni eshitishni xohlamaydi.
Davlat bojlari va jarimalar
YHXdan jarima keldimi? ID-karta uchun to‘lov qilish, my.gov.uz orqali ariza topshirish yoki farzandingizni ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi? Bularning barchasini AVO orqali to‘lashingiz mumkin.
Shunchaki STIR yoki bildirishnoma raqamini kiriting — ilova kerakli xizmatni topib, summani ko‘rsatadi — to‘lov qilsangiz bas. PDF fayllar, nusxa ko‘chirish va banklarga borishning hojati yo‘q. Hamma narsa rasmiy, chek va tasdiq bilan bajariladi.

Yana xayriya
Shaxsan menga AVO’da ishonchli xayriya jamg‘armalariga xayr-ehson qilish imkoniyati borligi yoqib tushdi. Rekvizitlarni qidirishga, xato qilishdan xavotirlanishga yoki STIR qayerdaligini so‘rashga hojat yo‘q. Hammasi rasmiy, oson va bir tugmani bosish orqali amalga oshadi.
Endi eng asosiysi: kredit limiti
Ha, AVO’da 100 mln so‘mgacha limitli kredit kartasini ochish mumkin. Bunda «kredit» so‘zidan qo‘rqmang. Bu boshqacha ishlaydi.
Kartangizda pul qolmaganda, zudlik bilan to‘lov qilish uchun shunchaki limitdan foydalanasiz. Kommunal to‘lovlar, o‘qish, internet, hatto jarimalar uchun ham to‘lov qilishingiz mumkin. Keyin esa bu summani 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli muddat ichida qaytarasiz va hech qanday foiz to‘lamaysiz.
Bu «qarz» emas. Bu — smartfoningizda joylashgan moliyaviy zaxira.
Men uchun AVO — xotirjamlik belgisi
Ertaga kutilmagan hisob kelsa, vahimaga tushib, pul qidirib yoki maosh kutib o‘tirmasligimni aniq bilaman. Mikroqarz olishga ham yugurmayman. Shunchaki AVO’da to‘lovni ochib, limit hisobidan to‘lashim bilan masala hal bo‘ladi.
Eng yaxshisi shuki, u yosh-u qari, texnologiyalardan foydalanishni biladigan va bir necha yil oldin hamma narsani kassada to‘laydigan insonlar uchun birdek mos keladi. AVO odamlarni «zamonaviy» va «qoloq»larga ajratmaydi. U shunchaki ishlaydi. Va haqiqatan ham zarur paytda qo‘llab yuboradi.