1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. POS-kreditlash

POS-kreditlash

POS-kreditlash — bu moliyaviy vosita. U xaridorga do‘konda tovar olayotganda to‘lovni kechiktirish yoki muddatli to‘lov evaziga olish imkonini beradi. Ya’ni tovarni tanlaysiz, kredit yoki muddatli to‘lovni rasmiylashtirasiz va shu zahoti uni uyga olib ketasiz.

Ko‘pincha POS-kreditlash o‘rtacha chek yuqori bo‘lgan chakana savdo tarmoqlarida qo‘llanadi. Bu elektronika, maishiy texnika, mebel va shunga o‘xshash tovarlar bo‘lishi mumkin. Bu to‘lov turi xaridorlar uchun qulay, sotuvchilarga ko‘proq narsa sotishga yordam beradi hamda bank va fintex kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Avvallari pul yetishmagani sabab xaridni keyinga qoldirishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, POS-kredit yordamida mijoz puli bo‘lmasa ham bir necha daqiqada istagan narsasini sotib olishi mumkin. Buni kassada yoki do‘konning mobil ilovasida qilish mumkin. Jarayon tez va oddiy bo‘lgani uchun savdo konversiyasi ham, mijozlarning sodiqligi ham oshadi.

POS-kreditlash ayniqsa an’anaviy kreditlarni ololmaydigan odamlar uchun foydali. Masalan, insonning rasmiy daromadi yoki kredit tarixi bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda kompaniyalar mijozning xatti-harakati haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, muqobil skoring usullaridan foydalanadi. Bu moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishga yordam beradi.

POS-kreditlash qanday ishlaydi?

Savdo nuqtasida kreditni odatda 5–10 daqiqa olsa bo‘ladi. Xaridor tovarni tanlaydi va kassirga uni muddatli to‘lov yoki kredit orqali sotib olmoqchi ekanini aytadi. 
Keyin qisqa identifikatsiyadan o‘tadi. Ma’lumotlar shu do‘konning hamkor banki yoki mikromoliya tashkilotiga yuboriladi. 

So‘rov bo‘yicha qaror real vaqt rejimida qabul qilinadi. Agar ariza ma’qullansa, shartnoma onlayn yoki qog‘oz ko‘rinishida tuziladi. Xaridor tovarni darhol oladi. To‘lovlar bir oy o‘tgach yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa grafik bo‘yicha boshlanadi.


Ba’zan POS-kreditlash foizsiz muddatli to‘lov ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Bunda foizlarni bankka do‘konning o‘zi tovar marjasidan qoplaydi. Xaridor uchun bu tovarni foizsiz qismlarga bo‘lib to‘lashdek ko‘rinadi.

Bozor ishtirokchilari uchun afzalliklar

Xaridor qimmat tovarlarni darhol sotib oladi. Uzoq vaqt pul yig‘ish yoki kutish shart emas. 
Riteyler o‘rtacha chek va savdo hajmini oshiradi. Mijoz pul yetishmagani uchun xariddan voz kechadigan holatlar kamayadi.

Moliyaviy tashkilot esa yangi mijozlarni jalb qiladi va iste’mol kreditlari portfelini kengaytiradi.
Davlat uchun bu — naqd pulsiz, rasmiylashtirilgan operatsiyalar sonining ortishi. Ko‘proq odamlar moliyaviy xizmatlardan foydalanishni boshlaydi. Bu raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga yordam beradi va aholining moliyaviy savodxonligini oshiradi.

POS-kreditlash, ayniqsa, savdo markazlari ko‘p va internet sifati yaxshi bo‘lgan shaharlarda samarali ishlaydi. Bu ma’lumot almashinuvi va arizalar bo‘yicha onlayn-qarorlar uchun muhim.

Shartlar va xavflar

POS-kreditlash qulay bo‘lsa-da, nomi bilan kredit bo‘lib qolaveradi. Bu — vaqtida qaytarilishi kerak bo‘lgan qarz. Rasmiylashtirishdan oldin kreditning haqiqiy stavkasiga e’tibor berish kerak. Unda nafaqat foizlar, balki qo‘shimcha komissiyalar ham bo‘lishi mumkin. Kredit muddati va oylik to‘lov hajmini ham aniq bilish kerak.

Shuningdek, kech to‘lasangiz, nimalar bo‘lishi haqida ham bilib oling. Jarimalar, penya va kredit reytingining pasayishi xavflari bo‘lishi mumkin. Kreditni muddatidan oldin yopish mumkinmi, buning uchun qo‘shimcha to‘lov qilish kerakmi — buni ham aniqlab oling.

Ba’zan odamlar hozir olib, keyin to‘lash o‘yiniga berilib ketishadi. Umumiy yukni hisoblamay qo‘yishadi va oxir-oqibat qarz botqoqligiga botib qolishadi. Shuning uchun banklar va savdo tarmoqlari shartlarni to‘g‘ri tushuntirishlari juda muhim.

Oson xaridlar kelajagi

POS-kreditlash raqamli texnologiyalar bilan birga rivojlanyapti. Jarayonlarning ko‘pi mobil ilovalarga o‘tayapti. Mijoz identifikatsiyasi osonlashyapti, kredit bo‘yicha qarorlar esa avtomatik tarzda, ma’lumotlar asosida qabul qilinyapti. 

Kelajakda POS-kreditlash nafaqat yirik tarmoqlarda, balki kichik biznesda ham keng qo‘llanishi mumkin. U turli yangi tovar va xizmatlar yo‘nalishlariga — qurilish materiallari, ta’lim, servis xizmatlari kabi sohalarga kirib borishi mumkin. 

Naqd pulsiz to‘lovlarga ishonch ortib borar ekan, POS-kreditlash kundalik moliyaviy hayotning tabiiy qismiga aylanyapti. Eng muhimi, undan ongli ravishda foydalaning, daromadlaringizdan kelib chiqqan holda xarid qiling.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
Kredit
28.11.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•