2026-yil 20-oktyabrdan AVO bank kartalarini chiqarish shartlari o‘zgaradi. Yangi mijozlar kartani 59 000 so‘mga rasmiylashtirishlari mumkin. Kartaga xizmat ko‘rsatish uchun oylik to‘lov bo‘lmaydi.
Shu kundan boshlab kartani bepul chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun oyiga 4 990 so‘m to‘lash sharti bilan rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Agar hozir kartangizdan shu shartlar asosida foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi. Avvalgi shartlar saqlanib qoladi.
Yangi shartlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizdagi «Hujjatlar» → «Tariflar» bo‘limidan olishingiz mumkin.

