O'zbekistonliklar orasida podkastlar tobora ommalashib bormoqda. Buni Toshkentda maxsus podkast studiyalarining paydo bo‘lishi va mintaqada YouTube’da ushbu formatning rivojlanishidan kuzatish mumkin.
Quyida o‘z podkastingizni yozish qancha turishini, hozirda Toshkentda qanday imkoniyatlar mavjudligini va podkast yozishda nimalarni hisobga olish kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida, yaqinda boshlangan stendap komediya ijodkorlari podkasti — Comedy Buddy misolida ko‘rib chiqmoqchiman. Barcha fikrlar aynan shu misolga asoslanadi.
Podkast rejasi va g‘oyasi
Umumiy tushunchani shakllantirish uchun o‘zingiz va tomoshabinlar uchun nima bo‘layotganini anglashga yordam beradigan bir nechta nuqtalarni belgilab olish muhimdir.
Komediyachilar avvalo aniqlab olgan narsalar — podkastning g‘oyasini tanlash, maqsadli auditoriyani belgilash va podkastning maqsadini aniqlash edi. Bu holda bu quyidagicha ko‘rinish oldi:
Konsept: Toshkentdagi komediya industriyasi haqida qiziqchilarning podkasti.
Maqsadli auditoriya: rus tilida so‘zlashuvchi yangi va tajribali qiziqchilar.
Podkastning maqsadi: industriya rivojlanishini, qiziqchilarning o‘sish yo‘llarini va ularning tajribasini muhokama qilish.
Asosiy platforma — YouTube, shuningdek, podkastning qisqa parchalarini Shorts va Reels’da joylashtirish. Dasturlarning davomiyligi 1–2 soatni tashkil etadi.





