Ba’zida ideal munosabatlar birinchi taassurotdan emas, balki birinchi chekdan boshlanadi. E’tiborli va g‘amxo‘r juftni faqat filmlarda uchratish mumkin deb o‘ylaysizmi? Aslida esa u hamyoningizda jimgina sizni kutib yotibdi. U sizni lazzatli kechki ovqat bilan siylab, qomatingizga faqat maqtovlar aytadi, guldastalar bilan xursand qiladi, hattoki chet elga sayohatga ham olib boradi.
Gap AVO platinum haqida — u barcha orzularingizni biladi va ularni ro‘yobga chiqarishga doim tayyor. Biz esa shu karta bilan kelsangiz, sizga chegirma beruvchi joylar ro‘yxatini tayyorladik.
🏨 Booking.com’da mehmonxonalar uchun 4% gacha chegirma

Zo‘r hordiq chiqarishga tayyorgarlikni chamadon olishdan emas, to‘g‘ri karta tanlashdan boshlang. AVO platinum yordamida siz Booking.com’da nafaqat mehmonxona bron qilasiz, balki pulingizni ham tejaysiz.
Chegirma olish uchun:
- Booking.com’dan istagan mehmonxonangizni tanlang;
- To‘lov vaqtida «hozir to‘lash» yoki «keyin to‘lash»ni tanlang;
- 4% gacha chegirma oling.












