4-holat
Bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yetkazib beruvchi xodim sifatida tanishtiradi: «Chet eldan jo‘natma buyurtma qilganmidingiz? U hozir bojxonada turibdi. Ushlanib qolmasligi uchun 74 000 so‘m QQS to‘lashingiz kerak. Hozir to‘lov ma’lumotlarini yuboraman. Busiz jo‘natmani yetkazib bera olmaymiz.»
Nima qilasiz?
а) O‘tkazaman — haqiqatan ham buyurtmam bor edi
b) Rasmiy hujjat, yuk xati raqami va kuryer xizmati nomini talab qilaman
d) Jo‘natma holatini veb-sayt orqali o‘zim tekshiraman

5-holat
Go‘shakni ko‘targaningizda, narigi tarafdan o‘g‘lingizning titroq ovozi eshitiladi: «Oyi... yo‘l-transport hodisasiga uchradim, gapira olmayman. Hozir advokat tushuntirib beradi...»
Keyin: «Assalomu alaykum, o‘g‘lingizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 3,5 mln miqdorda yetkazilgan zararni qoplash kerak. O‘g‘lingizni qo‘yib yuborishlarini istasangiz, hoziroq to‘lov qiling.»
Nima qilasiz?
а) To‘lov qilaman — o‘g‘limni qutqarishim kerak
b) Advokatdan pasport ma’lumotlarini va o‘g‘lim qayerdaligini so‘rayman
d) Telefonni o‘chirib, o‘g‘limga qo‘ng‘iroq qilaman

6-holat
Noutbuk sotyapsiz. Xaridor yozadi: «Olishni xohlayman. Hozir pul o‘tkazaman, lekin tasdiqlash kodi kerak bo‘lib qolishi mumkin — bu korporativ to‘lov. Agar SMS kelsa, shunchaki kodni kiritib qo‘ying. Bu xavfli emas, o‘zim ham shunday o‘tkazib turaman.»
Nima qilasiz?
а) Kod kiritaman — karta so‘ramayapti-ku
b) Hisobga pul tushishini kutaman
d) Yo‘q deb, kod va tasdiqlarsiz pul o‘tkazishini so‘rayman
7-holat
Pochtangizga quyidagicha PDF-fayl keldi: «Ma’muriy sudga kelishingiz shart. Batafsil ma’lumotlar quyidagi QR-kodda berilgan. Qaror nusxasi ilovada mavjud. Kelmaslik jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.»
Nima qilasiz?
а) QR-kodni skanerlayman — gap nimadaligini bilish kerak-ku
b) Saytni o‘zim tekshirib, kanselyariyaga qo‘ng‘iroq qilaman
d) Ilovani ochmayman — haqiqatan ham chaqiruvmi, yo‘qmi tekshiraman

8-holat
Siz bilan bir-ikki marta onlayn gaplashgan qiz yozyapti: «Qarang, bank ilovam ishlamayapti, tizimga kirolmayapman. Telefon raqamingizni bera olasizmi? Shunchaki kirishni tasdiqlashim kerak. Hisobingizdan hech narsa yechib olinmaydi, faqatgina kodni ko‘rishim kerak, xolos.»
Nima qilasiz?
а) Raqamimni beraman — qizni taniyman-ku
b) Qanaqa kod, nima uchun va qizning o‘zi qayerdaligini so‘rayman
d) Javob bermasdan, bloklayman — tovlamachiga o‘xshaydi

Natijalar
🔴 8–12 ball
Siz — juda ishonuvchan odamsiz
Firibgarlar bunday mehribon va ortiqcha savol bermaydigan kishilarni yaxshi ko‘radi. Siz raqamli immunitetingizni zudlik bilan yaxshilashingiz kerak. Ayniqsa, bank xizmatlari, OLX va Telegram’dan faol foydalansangiz, bu nihoyatda muhim.
🟠 13–18 ball
Ehtiyotkorlik bor, lekin har doim emas
Ba’zi vaziyatlarda hiylani sezasiz, ba’zida esa chiroyli afsonaga ishonib qolasiz. Ayniqsa, holat «haqiqiy» va xushmuomala ko‘ringanida, tanqidiy fikrlash qobiliyatingiz yetishmay qoladi. Firibgarlar aynan shu holatdan foydalanadilar.
🟢 19–24 ball
Po‘lat sezgi
Siz aldab bo‘lmaydigan kishilardansiz. Juda silliq eshitiladigan har qanday narsadan shubhalanasiz va hatto eng ishonchli ko‘ringan ma’lumotlarni ham tekshira olasiz. Hushyorligingizni yo‘qotmang — siz nafaqat o‘zingiz aldanmasligingiz, balki boshqalarning ham aldanib qolishining oldini oladigan insonsiz.