1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Bank sizga ishonish mumkinligini qanday aniqlaydi: skoring nima?

Bank sizga ishonish mumkinligini qanday aniqlaydi: skoring nima?

Tasavvur qiling, kredit olishga ariza topshiryapsiz. Tugmani bosishingiz bilan bir necha soniyada bank qarori keladi. Bu qaror ortida hujjatlaringizni tekshirish uchun yugurayotgan odamlar jamoasi emas, balki maxsus algoritm turadi.

Keling, u qanday ishlashini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Skoring nima?

Bu bankka sizga kredit berishning qanchalik xavfsiz ekanini aniqlashga yordam beradigan tizim bo‘lib, skoring ballingizni hisoblaydi. Bu ball — bank nazarida sizning raqamli obro‘yingiz.

Ilgari bank xodimi ish haqimiz haqidagi ma’lumotnomani ko‘rib chiqardi, savollar berardi va ko‘zimizga qarab, qanchalik ishonchli ekanimizni baholardi. Stereotiplar va inson omili natijaga kuchli ta’sir qilardi, jarayon esa ko‘p vaqt olardi. Ba’zan xodim charchagan, kayfiyati yo‘q bo‘lgan yoki biz unga nimagadir yoqmagan bo‘lsak, shunchaki rad javobini olishimiz mumkin edi.

Bugun esa qarorni skoring qabul qiladi. U bizning qanday kiyinganimizga, o‘zimizni qanday tutishimizga va qanday gaplashishimizga qaramaydi, ma’lumotlarni tez, shaffof va adolatli tarzda tahlil qiladi.

Kredit holatingizni bir necha daqiqada tekshiring ⚡️

AVO bank ilovasini yuklab, bepul identifikatsiyadan o‘ting

Yuklash

Skoringga nima ta’sir qiladi

Pul bilan qanday muomala qilishimiz va moliyaviy xatti-harakatlarimiz kreditlarni muvaffaqiyatli to‘laydigan odamlarning xulqiga qanchalik o‘xshashligi muhim. Skoring quyidagilarni tahlil qiladi:

Qarzlarimizni qanday yopamiz

Agar muddatli to‘lov yoki kreditimiz bo‘lsa va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirsak, ballimiz o‘sib boradi. Kechiktirsak, pasayadi. Masalan, bir necha oy davomida muddatli to‘lov bo‘yicha qarzni 3–5 kunga kechiktirgan bo‘lsak-u, lekin baribir to‘lasak ham, tizim buni xavf sifatida belgilaydi.

Qanday moliyaviy odatlarimiz bor

Tizim moliyaviy hayotimiz qanchalik barqaror ekaniga e’tibor beradi. Kartamizga frilanserlikdan kelgan daromad yoki xorijdan kelgan pul bo‘lsa ham, muntazam ravishda maosh yoki gonorar tushib turishi yaxshi.

Yana, skoring uchun xarajatlarimiz keskin sakrashlarsiz bo‘lishi va ko‘proq karta orqali to‘lov qilganimiz, kamroq naqd pul yechib olganimiz ham muhim. Karta orqali to‘lovlar tizimda ko‘rinadi va faolligimizni ko‘rsatadi. Katta miqdorda va tez-tez naqd pul yechish esa xarajatlarimiz haqida kam ma’lumot beradi.

Kredit tariximiz bormi

Agar hech qachon kredit olmagan bo‘lsak, tizim bizdan nima kutishni bilmaydi, biz qanchalik mas’uliyatli to‘lovchi ekanimizni baholay olmaydi. Va avtomatik tarzda bizni noma’lum xavf sifatida qabul qiladi. Bu umuman kredit berilmaydi degani emas. Shunchaki, birinchi marta kam pul berishi mumkin. Tizim bizni tanib olishi uchun, o‘z vaqtida yopilgan kreditlar yoki muddatli to‘lov tarixiga ega bo‘lishimiz muhim.

Qisqa vaqt ichida qanchalik ko‘p ariza topshiramiz

Agar turli servis va banklarga kredit yoki muddatli to‘lov uchun juda ko‘p ariza topshirsak, tizimga pulsiz qolib ketib, uni har yerdan izlayotgandek ko‘rinamiz. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta bankka ariza qoldirmang.  Agar rad qilishsa, ballingiz tushib ketmasligi uchun yana urinib ko‘rishdan oldin kamida 1–2 oy kutishni tavsiya qilamiz.

Skoringga nima ta’sir qilmaydi

Yoshimiz, oilaviy holatimiz, bolalar soni yoki ta’lim darajamiz muhim rol o‘ynaydi, deb o‘ylash mumkin, lekin bu unday emas. Banklar uchun bu parametrlar bizning mas’uliyatli to‘lovchi bo‘lish qobiliyatimizni aniqlamaydi. Va bu adolatli — inson oliy ma’lumotli bo‘lmasa ham halol ishlashi mumkin. Skoring esa uning shaxsiy holatlarini tahlil qilmaydi.

AVO bank’da skoring qanday ishlaydi

Raqamli banklar uchun skoring modellari juda muhim — butun jarayon shunday tuzilganki, qarorni navbat va hujjatlarsiz onlayn olasiz. Faraz qilaylik, ilovada kredit karta uchun ariza topshirdingiz. Shu bir necha soniya ichida algoritm nima qiladi:

  1. Kredit tarixingizni tekshiradi.
  2. Kartalaringiz bo‘yicha operatsiyalarni tahlil qiladi: tushumlar qanchalik muntazam, pulni qanday boshqarasiz, keskin o‘zgarishlar bormi.
  3. Profilingizni minglab muvaffaqiyatli kredit mahsulotlaridan foydalangan mijozlar bilan solishtiradi.
  4. Sizga skoring ballini beradi.
  5. Shu ballga asoslanib, sizga tasdiqlangan kredit limiti miqdorini belgilaydi.

 

Skoringni qanday yaxshilash mumkin

Ballimiz moliyaviy xulqimizga qarab o‘zgaradi. Uni kartaga muntazam tushumlar, ijobiy kredit tarixi va oldindan aytib bo‘ladigan xarajatlar oshiradi. Quyida skoringni oshirish bo‘yicha bir nechta maslahatlar berib o‘tamiz:

  1. Kam bo‘lsa ham, o‘z vaqtida to‘lov qiling. Butun summani kechiktirgandan ko‘ra, 20–30% ni o‘z vaqtida to‘lagan yaxshiroq.
  2. Naqd pul o‘rniga kartadan foydalaning. Raqamli to‘lovlar moliyaviy holatni aniq va barqaror ko‘rsatadi.
  3. Xarajatlarni keskin o‘zgartirmang. Haftalar davomida pul ishlatmay, keyin birdan katta xarid qilmang.
  4. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ariza bermang. Bir nechta banklarga bir vaqtning o‘zida kredit so‘rovi yuborish tezkor pul izlayotgandek ko‘rinadi, shubha uyg‘otadi va ballimizni kamaytiradi.
  5. Kredit tarixini yarating. Kichik bo‘lsa ham o‘z vaqtida yopilgan kredit ham ijobiy obro‘ yaratadi. Kredit tarixini yaratishning oson yo‘li — AVO platinum kredit kartasi. Yetarli pulingiz bo‘lsa ham, kartadan foydalanib joriy xarajatlarni to‘lashingiz, keyin esa pulni qaytarishingiz mumkin. Bu sizning skoring ballingizni oshiradi va moliyaviy obro‘yingiz uchun ishonchli poydevor bo‘ladi.

Skoring sirli narsa emasligini endi siz ham bilasiz. Bu oddiy hisob-kitob xolos va unga o‘z odatlaringiz bilan ta’sir qila olasiz. Bank mahsulotlaridan foydalanishdan qo‘rqmang. Ulardan to‘g‘ri foydalansangiz, hayot tarzingizga mos shartlarda yaxshigina limit olasiz.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

archa bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
💳 AVOlogiya📖 Ta'lim
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
29.12.2025
4 daqiqa
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•