Xitoyda 3 yil yashaganim davomida, hatto chet ellik sifatida ham, infratuzilmaning qulayliklari va kundalik tajribaga juda tez ko‘nikib qoldim. Xitoy tilini yaxshi bilmaydigan chet ellik bo‘lishimga qaramasdan. Transport to‘lovlaridan tortib, ijtimoiy tarmoqlardagi pul o‘tkazmalarigacha hammasi qulay edi.
Ushbu matnda Toshkentga qaytganimdan so‘ng menga nimalar yetishmayotganini aytib o‘taman. Aytgancha, ba’zi narsalar paydo bo‘lyapti, lekin ba’zilarigacha hali ancha yo‘l bor.
Aqlli shaharlar
Bu murakkab va hatto futuristik eshitiladi. Mazkur konsepsiya 100 000 atrofida aholisi bo‘lgan kichik shaharlar uchun IoT, katta ma’lumotlar va sun’iy intellektdan foydalanish orqali ishlaydi.
Oddiy til bilan aytganda, kichik shaharlarda havo sifati faol kuzatiladi, aqlli svetoforlar va energiya sarfini boshqarish tizimlari qo‘llaniladi. Misol uchun, energiya sarfining 20% i qayta tiklanadigan manbalardan, 50% i esa jamoat transportidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston uchun, mening fikrimcha, bunday konsepsiyalar juda dolzarb bo‘lib, ular ham ekologiya sohasiga turtki berishi, ham resurslar sarfini kamaytirishi mumkin.

To‘lov usullari
Men shuni payqadimki, 5 yil oldin Xitoyda oflayn xarid qilish tajribasi biz hozir o‘rganib qolgan holatga deyarli o‘xshash edi: QR-kodlar va ilovadagi push-xabarlar orqali to‘lovlar. Hatto o‘shanda ham Shanxaydagi ko‘cha musiqachilari xayriya uchun QR-kodni ochib, yo‘l o‘tish joyida turishiga hayron qolardim.


