O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar oyidan boshlab yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi bosqichma-bosqich joriy etila boshlandi. Maqsad — nafaqa olish jarayonini osonroq, shaffofroq va qulayroq qilish.
Nimalar o‘zgaradi?
- 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ruq nafaqalari Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali tayinlanadi va to‘lanadi
- 2026-yil 1-iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari ham shu jamg‘arma orqali to‘lanadi
Yangi tizim qanday ishlaydi?
To‘lovlar avtomatik rasmiylashtiriladi — ariza topshirish yoki qo‘shimcha murojaat qilish shart emas.
Tafsilotlarni 1070 raqami orqali olishingiz mumkin.








