So‘nggi bir necha yil ichida stendap madaniyati faol rivojlanmoqda. Bu o‘zgarish Toshkentga ham yetib keldi, bu yerda allaqachon o‘z superyulduzlari paydo bo‘ldi va ular hatto Yevropa mamlakatlarida monologlar bilan gastrol qilishmoqda. Biroq, bu asosan o‘zbek tilidagi stendapga taalluqli. O‘zbekistonda rus tilidagi komediya ham faol rivojlanayotgan bo‘lsa-da, auditoriya ko‘lami jihatidan o‘zbek tilidagi stendap bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Quyida aynan rus tilidagi komediya haqida so‘z yuritiladi va faqat mening shaxsiy tajribam hamda fikrlarim bayon etiladi.
Bir necha yil oldin moskvalik qiziqchilarning chiqishlarini ko‘rib, Toshkentda stendap bilan shug‘ullanishni xohlab qoldim va tadbirlar hamda ochiq mikrofonlar tashkil eta boshladim. O‘sha paytda hamjamiyat unchalik katta emas edi va bu sohada kamdan-kam odam daromad topardi. Faqat restoran va barlarda pulli chiqishlar uyushtirgan tashkilotchilar va qiziqchilargina pul ishlashardi.
So‘nggi ikki yil ichida stendapning ommaviyligi va o‘sish sur’ati sezilarli darajada oshdi — yangi qiziqchilar, yangi shoular va ko‘proq chiqishlar paydo bo‘ldi. Mening fikrimcha, stendapda pul topish imkoniyati tug‘ildi, biroq rus tilidagi chiqishlarni hali ham asosiy daromad manbaiga aylantirish mushkul. Masalan, restoranda bir martalik pullik chiqish uchun taxminan 150 000–400 000 so‘m olish mumkin. Ba’zan ochiq mikrofonlar o‘tkaziladi, shundan so‘ng zalda xayr-ehsonlar uchun idish qoldiriladi va uni tadbir boshlovchisi olib ketadi. Men erishgan eng yuqori summa taxminan 550 ming so‘m bo‘lgan.

Muallif: Nikolay Karkadayev



