«Zamonaviy raqamli biznesda muvaffaqiyatga erishishning bosh kaliti — bu, keng tanlovli texnologiyalar orasidan biznesni to’g’ri yuritish va kengaytirish uchun muvofiq keladiganlarini tanlay olishdir» — Anton Chan, Boshqaruv kengashi a’zosi, AVO texnologiyalari direktori.
Bankni noldan boshlab qurishda AVO bankni yorqin misol sifatida keltirishimiz mumkin. Zamonaviy va vaqt sinovidan o’tgan texnologiyalarga tayangan holda biz yangi raqamli bankni qurishga muvaffaq bo’ldik. Bu yo’lda biz uchragan eng katta qiyinchilik biznes-strategiyamizning tezkorlik, moslashuvchanlik, ishonchlilik va kengayishga doim tayyor bo’lish kabi talablariga javob beradigan texnologiyalarni tanlash bo’ldi.
Jamoamiz bilan qo’llaydigan tizimlarni loyihalashtirish davomida biz mikroxizmat yondashuvini tanladik. Chunki bu yondashuv biz o’ylagan har bir mantiq va jarayonni alohida xizmatga aylantirish imkonini berdi. Shu orqali mijozlar tajribasini avtomatlashtirish, bir yil ichida raqamli bankni ishga tushirish va shu bilan birga, bozor iqtisodiyotida belgilanadigan o’zgarishlarni birma-bir tizimga tatbiq etib borishga erishdik.
AVO ilovasini ishlab chiqishda turli avlod va Apple yoki Android kabi platformali smartfonlardan foydalanuvchi mijozlarimizga bir xil interfeys va o’zaro teng imkoniyatli tajribani taqdim etuvchi zamonaviy framework’dan foydalanishga qaror qildik.
Shu ikki texnologiya yordamida biz foydalanuvchilar interfeysini modifikatsiya qilish va mijozlarga keng qamrovli imkoniyatlarni yetkazish jarayonini tezlashtirishga muvaffaq bo’ldik.
Bugungi kunda ilovamizni yuklab olishlar soni 1 milliondan oshdi. Biz uchun bu juda yaxshi natija. Bu «AVO platinum kredit kartasi» ning jozibadorligi va bank bilan birgina ilova orqali bog’lanish mumkinligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, talabning ko’pligiga qaramay, AVO zamonaviy texnologiyalar yordamida o’z foydalanuvchilarini ishonchli va hamma uchun ochiq xizmatlar bilan ta’minlay olganligining isbotiga aylandi.

