1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Sumalak: qanday qilib bahor ta’mini qozonga yig’ish mumkin?

Sumalak: qanday qilib bahor ta’mini qozonga yig’ish mumkin?

Sumalak shunchaki taom emas, balki iliqlik, quvonch va bahoriy kayfiyat bilan to‘lgan an’anadir. Aynan shu noz-ne’mat Navro‘zning, bahor kelishining va tabiat yangilanishining ramzi hisoblanadi.

Keling, uni qanday tayyorlash, qanchaga tushishi va nima uchun sumalak shunday yoqimli an’ana ekanligini ko‘rib chiqaylik.

Sumalak uchun masalliqlar

Sumalak tayyorlash sabr-toqatni talab qiladi, lekin masalliqlar uncha qimmat emas:

  • Undirilgan bug‘doy — bir kilosi 9 000–15 000 so‘m
  • Bug‘doy uni — bir kilosi 11 000–14 000 so‘m
  • Paxta yog‘i — bir litri 18 500–20 000 so‘m
  • Suv
  • Masalliqlarning narxi ularning sifati va miqdoriga qarab o‘zgarishi mumkin.

    Bundan tashqari, qozonga an’anaviy tarzda silliq toshchalar solinadi — ular taomning kuyib qolishidan saqlaydi va omad keltiradi, deb hisoblanadi. Kimning nasibasiga toshcha tushsa, u tilak tilashi mumkin.

    Sumalak tayyorlash qanchaga tushadi? 

    Faraz qiling, siz 50 litr sumalak tayyorlashga ahd qildingiz. Buning uchun bizga taxminan 7 kg undirilgan bug‘doy, 10 kg un, 1 litr yog‘ va suv kerak bo‘ladi (quyuqlik darajasiga qarab suvni qo‘shib borish lozim).

    Barcha masalliqlar uchun taxminan 225 000 so‘m sarflanadi. Bu narxga idish-tovoqlar va boshqa jihozlar kiritilmagan.

    Agar siz ham men kabi sumalak tayyorlashni mutaxassislarga ishonib topshirishni ma’qul ko‘rsangiz, OLX.uz platformasida nafaqat sumalak tayyorlash, balki zarur uskunalarni ijaraga olish bo‘yicha ham takliflarni topishingiz mumkin. Narxlar juda xilma-xil: 700 000 so‘mdan 4 500 000 so‘mgacha, barchasi hajm, sana va tanlangan shartlarga bog‘liq holda farqlanadi.

    Sumalak tayyorlash

    Shaxsiy tajribamdan o‘tgan voqeani so‘zlab beraman.
    Bir kuni butun oilamiz bilan sumalak tayyorlashga qaror qildik. Dastlab, sumalak pishirish ustalarini taklif qilish kerak, degan fikr tug‘ildi, ammo o‘sha paytda o‘smir bolaning gapiga kim quloq solardi, deysiz. Tadbir uchun Farg‘onadagi buvi va bobomizning uyini tanladik. Barcha kerakli masalliqlarni xarid qilib, o‘tin tayyorladik, yerto‘ladan 80 litrlik ulkan qozonni olib chiqdik va shu yerda kutilmagan holat yuz berdi: qozonning tubi teshilib, suv sizib chiqayotgan ekan. Bayramda o‘z qo‘limiz bilan tayyorlangan sumalagimiz bo‘lmasligi hammamizni xafa qildi. Biroq buvim qo‘shnilarimizda buyurtma asosida sumalak pishiradigan ustalar borligini eslab qoldi. Ular shunday qisqa muddatda tayyorlashga rozi bo‘lganida, quvonchimiz ichimizga sig‘may ketdi. Ular barcha kerakli narsalarni: qozon, o‘choq, aralashtirish uchun katta kapgirlar, toshchalar va yong‘oqlarni o‘zlari olib kelishlarini aytishdi. Umumiy xizmat haqi unchalik qimmat emas, taxminan 1 100 000 so‘m atrofida bo‘ldi.

    Ta’kidlash joizki, sumalak pishirish jarayoni uzoq soatlar, ba’zan esa bir sutka davom etadi. Buning sababi — uning rangi va quyuqlik darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Sumalak katta qozonda sekin olovda pishiriladi, kuyib ketmasligi uchun tinmay aralashtirib turiladi. Kattalarning aytishicha, pishirish paytida yomon narsalar haqida o‘ylamaslik kerak, aks holda taomga salbiy quvvat o‘tib ketadi. Sumalakni aralashtirish paytida niyat qilinsa, albatta amalga oshadi, deyishadi.

    Tayyorlash kuni hovlimizga deyarli butun mahalla yig‘ildi, qarindosh-urug‘larimiz esa O‘zbekistonning turli burchaklaridan — Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va Samarqanddan tashrif buyurishdi. Axir, sumalak pishirishda qancha ko‘p odam ishtirok etsa, yangi yilda shuncha ko‘p yaxshilik va baxt keladi, degan e’tiqod bor.

    Dasturxon yozdik, ko‘k somsa va qatlama tayyorladik, piyolalarga nisholda va mening sevimli parvardamni qo‘ydik. Kuy yangrab, bazm boshlandi. Qo‘shiq va raqslar quvonchli muhit yaratib, sumalakni ijobiy quvvat bilan to‘ldiradi, degan ishonch bor. Men uchun eng jo‘shqin raqslar — Andijon polkasi va albatta, Fayod guruhining «Nozlanajakdir» qo‘shig‘i ostida boshlanadi.

    40 litr sumalak tayyorlash — arzon emas!

    Lekin AVO platinum bilan hammasi oson — 50 million so‘mgacha limit bilan siz doimo plyusdasiz!

    Kartani olish

    Mazmunli kun o‘tkazib, sumalakni bir maromda aralashtirgach, kechqurun mehmonlar uy-uylariga tarqalishdi. Biz esa yaqinlarimiz bilan «o‘zbek shokoladi»mizni pishirishni davom ettirdik. Tongga yaqin xushbo‘y, karamel-shokoladli sumalak tayyor bo‘ldi — 70 litrdan ortiq! An’anaga ko‘ra, uni idish va stakanlarga quyib, barcha istovchilarga ulashdik.

    Tan olishim kerak, qozon yonida yolg‘iz o‘zim tinimsiz sumalak qorib o‘tirmasdan, bayram kayfiyatidan bahramand bo‘lish hissi eng yoqimli tuyg‘u edi. Kelgan odamlarning barchasi bajonidil ishga kirishib, ko‘nglidagi niyatlarini tilab, yuzlarida tabassum bilan o‘zlarining ijobiy quvvatlarini taomga qo‘shishardi. Ehtimol, aynan shu sababli sumalak nihoyatda mazali va esda qolarli bo‘lgandir.

    Birgalikda taom tayyorlash, musiqa va suhbat jarayonni o‘zgacha ruhga to‘ldiradi. Bu shirinlikning har bir qoshig‘i esa bahorgi yangilanish quvonchi va ijobiy his-tuyg‘ular kuchini eslatib turadi.

    *Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

    *Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

    *Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

    🏄🏻‍♂️ Layfstayl
    18.03.2025
    5 minut
    Barno Israilova
    Maqola muharriri
    AVO bank
    Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Iste’mol krediti
    • Ta’mirlash uchun kredit
    • Onlayn mikroqarz
    • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
    • To‘y uchun kredit
    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat
    • AVO platinum debet kartasi
    • Uzcard virtual kartasi
    • To‘lov stikeri
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Iste’mol krediti
    • Ta’mirlash uchun kredit
    • Onlayn mikroqarz
    • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
    • To‘y uchun kredit
    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat
    • AVO platinum debet kartasi
    • Uzcard virtual kartasi
    • To‘lov stikeri
    Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
    Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
    AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
    • Hujjatlar
    • Hamkorlar va aksiyalar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgar saytlar
    • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
    • Firibgarlardan himoya
    • Savol va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
    • Hujjatlar
    • Hamkorlar va aksiyalar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgar saytlar
    • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
    • Firibgarlardan himoya
    • Savol va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    Virtual qabulxona

    Bosh sahifa

    Moliya

    Firibgarlardan himoya

    Yangiliklar

    Savol-javoblar

    Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
    AVO bank
    +998 78 888-78-87

    Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

    Kredit karta
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit
    Onlayn mikroqarz
    • Onlayn mikroqarz
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit
    12 oylik omonat
    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat
    Debet kartalari
    • AVO platinum debet kartasi
    • UZCARD virtual kartasi
    • AVO platinum to'lov stikeri
    Bank haqida
    • Biz haqimizda
    • Rahbariyati
    • Hujjatlar
    • Komplayens
    • Kontaklar
    • Fuqarolar qabuli
    AVO bankda ishlash
    • Ish o'rinlari
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
    Foydali ma'lumot
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgarlik sahifalari
    • Qarzdorlikni so'ndirish
    • Firibgarlardan himoya
    Hujjatlar
    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
    • Foydalanuvchi kelishuvi
    • Maxfiylik siyosati
    • Bank hamkorlari
    Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    AVO blog
    • Bizning blog
    • Yangiliklar
    • Savollar va javoblar
    Ijtimoiy tarmoqlarimiz
    Ilovani yuklab olish

    Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

    2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

    •