1. AVO

  2. AVO gap

  3. Technovation Girls Uzbekistan 2025: AVO finalda ishtirokchilarni taqdirladi

Technovation Girls Uzbekistan 2025: AVO finalda ishtirokchilarni taqdirladi

2025-yil 31-may kuni Hyatt mehmonxonasida mamlakatdagi 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun eng yirik texnologik dastur — Technovation Girls Uzbekistan 2025 finali bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tanlovda 1 500 nafardan ortiq qiz ishtirok etdi. 

AVO tanlov yakuniy tadbirining hamkori sifatida qatnashib, yakuniy taqdimotlarni diqqat bilan kuzatib bordi. O‘nlab kuchli loyihalar orasidan mazmun va yondashuv jihatidan alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan 2 ta loyihani tanlab oldik. 

Technovation Girls nima 

Bu 100 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladigan xalqaro tanlov bo‘lib, unda qizlar jamiyatda mavjud bo‘lgan haqiqiy muammolarni hal qiluvchi mobil ilovalar yoki sun’iy intellekt loyihalarini yaratadilar. Tanlov Tech4Impact tashkilotchiligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Uzbekistan bosh hamkorligida o‘tkazildi.

O‘zbekistonda mazkur dastur 2017-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda, 2025-yilda esa uning to‘qqizinchi mavsumi o‘tkazildi. Technovation Girls 5 oy davom etadi. Shu muddat ichida jamoalar o‘z shaharlaridagi muammoni aniqlashdan tortib, yechim ishlab chiqish, biznes-reja tuzish va taqdimot videosini suratga olishgacha barcha bosqichlarni bosib o‘tadilar. 

Dasturga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Tanlov ishtirokchilari ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, ishsizlik, maktablardagi zo‘ravonlik, gender tengsizligi, iqlim o‘zgarishi, ijtimoiy faollik va ko‘ngillilik kabi ko‘plab sohalardagi mahalliy muammolarni hal etish uchun sun’iy intellektdan foydalanib, mobil ilovalar va loyihalar yaratadilar. 

Final qanday o‘tdi  

Final mamlakatimizning 8 ta hududidan — Toshkent, Nukus, Namangan, Urganch, Jizzax, Samarqand, Andijon va Farg‘onadan 1 500 dan ortiq ishtirokchi, murabbiy, ota- onalar, OAV vakillari va mehmonlarni bir yerda yig‘di. Qizlar o‘z loyihalarini taqdim etib, namoyishlar ko‘rsatdilar hamda g‘oyalariga qanday kelganlari haqidagi tajribalarini o‘rtoqlashdilar. 

Loyihalar nafaqat texnologiyalar haqida edi, balki odamlar kundalik hayotda duch keladigan haqiqatan ham muhim va murakkab masalalarni ham yoritib berdi. Har bir jamoa o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab, raqamli vositalar orqali unga yechim topishga harakat qildi. 

Nominatsiya mavzulari quyidagilardan iborat edi: 

  • Genderlar tengligi 
  • Sun’iy intellekt loyihalari 
  • Ekologiya va ongli iste’mol 
  • Nogironligi bor shaxslar uchun teng imkoniyatlar va yordam 
  • Sog‘liq 
  • Ta’lim va madaniyat 
  • Ishsizlik va qashshoqlikni bartaraf etish 
  • Transport va infratuzilma / Aqlli shahar 

AVO tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalar 

SignFlow — NextGen Coders jamoasi, Toshkent 
Senior division 
Eshitish qobiliyati cheklangan insonlar bilan gaplashish uchun mobil ilova. U sun’iy intellekt yordamida matnni imo-ishora tiliga va aksincha o‘gira oladi. Bu ilova kundalik turmushda, maktablarda va hatto tibbiyotda ham foydali bo‘lib, imkoniyati cheklangan shaxslarning hayoti va muloqotini yaxshilashga xizmat qiladi. 
▶️ Videoni ko‘rish 

🌱 TozaAir — Jinx jamoasi, Namangan 
Junior division 
Havoning ifloslanish darajasini ko‘rsatadigan va odamlarga ekologik xatti-harakatlarni tavsiya etadigan veb-ilova. Qizlar odamlar nafas olayotgan havo haqida ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishlarini va atrof-muhitga qanday ta’sir o‘tkazishlari mumkinligini anglab yetishlarini istashadi. 
▶️ Videoni ko‘rish 

Nima uchun bu haqiqatan ham muhim 

Technovation Girls dasturi butun mamlakat bo‘ylab minglab qizlarga ilhom bergan. 2017-yilda ishga tushganidan buyon ishtirokchilar soni 4 baravarga oshdi va har yili qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Biroq gap faqat raqamlarda emas: tashkilotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, bitiruvchilarning 78% i IT yoki biznes sohasida karyera qurishni jiddiy o‘ylay boshlaydilar. 

Bu shunchaki tanlov emas. Bu — kelajakda startaplar yaratadigan, mahsulotlarni rivojlantiradigan, texnologiyalar quradigan va o‘yin qoidalarini o‘zgartiradigan insonlar uchun haqiqiy boshlang‘ich nuqta. 

AVO uchun IT sohasidagi qizlarni qo‘llab-quvvatlash 1 martalik tadbir emas. Biz muntazam ravishda ta’lim loyihalarida ishtirok etamiz, sohaga oid tadbirlarning hamkori bo‘lamiz va yangi avlod dasturchi, tadqiqotchi hamda tadbirkor qizlarning o‘sishini hurmat bilan kuzatib boramiz. 

AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
04.06.2025
9 daqiqa
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•
AVO bank
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar