2026-yil 30-oktyabrdan AVO bank omonati bo‘yicha yillik foiz stavkasi 17,1% ni tashkil etadi. Foizlar kapitalizatsiyasi hisobiga daromadlilik 18,5% gacha yetadi.
Omonatning qolgan qulay shartlari o‘zgarmaydi. Avvalgidek, omonatga pul qo‘shishingiz va kerak bo‘lganda uning bir qismini jarima va komissiyalarsiz yechib olishingiz mumkin. Omonatni muddatidan oldin yopsangiz ham, shu vaqtgacha hisoblangan foizlar saqlanib qoladi.
Yangi shartlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizdagi «Hujjatlar» → «Mijozlar uchun» bo‘limidan olishingiz mumkin.

