1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Muxlislik qilish osonmi: haqiqiy futbol ishqibozi bo‘lish qanchaga tushadi?

Muxlislik qilish osonmi: haqiqiy futbol ishqibozi bo‘lish qanchaga tushadi?

Men 20 yildan beri Londonning «Arsenal» klubiga muxlislik qilib kelaman. Butun umrim davomida sevimli jamoam uyida — «Emireyts» stadionida bo‘lishni orzu qilganman va hamon orzu qilmoqdaman. Ammo bunday sayohatlar juda katta mablag‘ talab qilgani uchun bunga hali ham erisha olmadim. Bugun elita futbol klubi muxlisi bo‘lish uchun qancha daromad topish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

Dunyoda eng yaxshi deb e’tirof etilgan top-5 ta chempionat mavjud: Ispaniya «La Liga»si, Italiya «Seriya A»si, Germaniya «Bundesliga»si, Fransiya «Liga 1»i va Angliya «Premyer-Liga»si. Bu ligalarning har birida futbolning oliy pog‘onasi hisoblangan o‘nlab jamoalar bor. Albatta, bu ligalarning yetakchilari va muntazam sovrin sohiblari alohida ajralib turadi.

Bunday klublar orasida «Real Madrid», «Barselona», «PSJ», «Bavariya», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va boshqalar ko‘zga tashlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan klublarning har biri va umuman barcha yuqori ligadagi klublar mavsumiy abonementlar, mahsulotlar, o‘yinlarga chiptalar sotadi va har qanday yo‘l bilan muxlislardan, shu jumladan televideniye ko‘rsatuvlarini sotish orqali ham iloji boricha ko‘proq daromad olishga intiladi.

Bunday klublar o‘z muvaffaqiyatlarini (shu jumladan, moliyaviy jihatdan ham) chempionat va kuboklardagi g‘alabalari, Chempionlar Ligasi va boshqa xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtiroklar orqali saqlab qolishadi. Bu turnirlarni butun dunyo, jumladan, O‘zbekiston ham kuzatib boradi. Aslida, aynan shu sababli «Real» yoki «Barsa»ning o‘zbekistonlik muxlislari ko‘payib bormoqda.

«Real Madrid» — 2024-yil Chempionlar Ligasi g‘olibi.

Keling, o‘z misolimda ko‘rib chiqaylik: O‘zbekistonlik ashaddiy muxlis bo‘lish, ba’zan o‘yinlarga borib turish va klubning original atributikasini kiyib yurish qanchaga tushishini tahlil qilaylik (shu bilan birga, muxlislik xarajatlarimni ham hisoblab chiqaman).

Atributlar

Futbol formasi (hech bo‘lmaganda O‘zbekiston darajasida olganda) arzon emas. Masalan, mening sevimli «Arsenal» jamoamning asl futbolkasi narxi 80 funt sterling — ya’ni 100 dollardan biroz qimmatroq.

Bundan tashqari, bu oddiy futbolkaning narxi bo‘lib, unga o‘zgartirishlar kiritilmagan. Futbolkaga o‘z ismingizni va raqamingizni yozdirish mumkin, ammo bu holda narx 96 funtni tashkil qiladi, ya’ni 120 dollardan oshiqroq. O‘zbekistonga yetkazib berish xarajatlarini qo‘shsak, 150–200 dollar atrofida bo‘ladi. Bu oz emas.

Albatta, xuddi shu futbolkani Toshkentdagi Adidas rasmiy do‘konlaridan sotib olib, biroz tejash mumkin, lekin baribir 100 dollardan kam sarflab bo‘lmaydi. Bu esa faqat futbolkaning o‘zi.

Yana boshqa narsalar ham bor: muxlislar sharf va aksessuarlari, bosh kiyimlari, kepkalar, shortlar, kurtkalar, tolstovkalar... nimalar yo‘q deysiz. Shunday qilib, faqat atributikaga bir necha ming dollar sarflash mumkin ekan.

Stadionga borish

Faraz qilaylik, men atributlar uchun pul yig‘dim va Londonga uchishga tayyorman. «Arsenal» o‘yinlari dam olish kunlarida o‘tkaziladi, shuning uchun shanba kuni joyida bo‘lish kerak, dushanba kuni esa ortga qaytish mumkin. Narxlar nisbatan maqbul bo‘lishi uchun bir oy oldinga qaraymiz.

Natijada: borish-kelish uchun eng arzon chipta 9 million so‘mni tashkil etadi — bu ham qo‘shimcha yuklarsiz, faqat qo‘l yuki bilan.

Yaxshi, bilib oldik, davom etamiz: bu kunlarda qayerdadir yashashimiz kerak-ku? Endi turar joy qidiramiz. Aniqrog‘i, xostel — biz o‘yinga uchib ketyapmiz, hashamatli mehmonxonalarda yashashning na ma’nosi, na hojati bor. Eng muhimi, yotadigan joy stadionga yaqinroq bo‘lishi kerak. Mana, mavjud variantlardan nimalarni topamiz:

Summamizga 2,5 million so‘m qo‘shamiz. Endi qolgan ishimiz unchalik ko‘p emas: o‘yinga chiptalarni olish qoldi, xolos! 

Stadionga kirish

Bu unchalik oson emas. «Arsenal» kabi klublar o‘z chiptalarini ancha oldindan, asosan mavsumiy obunalar orqali sotib bo‘lishadi. Biroq bizga bitta o‘yin uchun obuna sotib olishning hojati yo‘q, shuning uchun jamoa veb-saytidagi kutish ro‘yxatiga yozilishga urinib ko‘rishimiz mumkin: omadimiz kelsa, 80–100 funt sterlingga chipta qo‘lga kiritamiz. Faraz qilaylik, omadimiz keldi va xarajatlar ro‘yxatimizga 1,5 million so‘m qo‘shib qo‘yamiz.

Boshqa xarajatlarga taksi, metro, ovqatlanish va mayda-chuyda xarajatlarni ham qo‘shamiz. Aytaylik, bularning barchasi uchun 200 dollar ajratamiz. 

Qo‘llab-quvvatlash nafaqat jamoaga, balki muxlis byudjetiga ham kerak

AVO platinum kredit kartasini rasmiylashtiring va chiptalar, merchlar va Chempionlar Ligasi orzulari uchun 50 mln so‘mgacha oling

Kartani olish

Jami

Umumiy hisobda 16 900 000 so‘mlik summa paydo bo‘ldi. Sevimli jamoangizning bitta o‘yiniga tashrif buyurish, atributlar, turar joy va shaxsiy xarajatlar bilan birga taxminan shunchaga tushadi.

Quvonarlisi shundaki, agar bu pul hozir qo‘lingizda bo‘lmasa, AVO platinum kartasini rasmiylashtirish, o‘yinga borish va 45 kungacha imtiyozli davr ichida summani kartangizga qaytarish imkoniyati doim bor — bu holda foizlarni to‘lashingiz shart emas. Agar chinakam futbol muxlisi bo‘lsangiz, nega bunday imkoniyatdan foydalanmaslik kerak?

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

🥊 Sport va salomatlik
09.05.2025
5 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•