Yangi yil yaqinlashgan sari odatdagi «Bu yil archani qanday bezasam ekan,» degan savolga qaytamiz. Klassik yondashuvni tanlab, o‘z tarixiga ega bo‘lgan eski o‘yinchoqlarni osish mumkin. Yoki yashil qo‘g‘irchoqni brend aksessuarlar va qimmatbaho toshlar bilan yanada bejirim qilish ham mumkin.
Ushbu archalarning yaratuvchilari aynan shu yo‘lni tanlab, Yangi yil ramzi imkon qadar dabdabali bo‘lishi kerak degan fikrga kelishgan. Yana, xarajatlar bo‘yicha dunyo rekordini ham qo‘yishga harakat qilishgan.

Image: Kempinski Hotel Bahia
1. BVLGARI, Cartier va tuyaqush tuxumlari bilan bezatilgan archa
Narxi: $15 mln
Bu archani 2019-yilda Ispaniyaning Marbella kurort shahridagi Kempinski Hotel Bahia mehmonxonasida o‘rnatishgan. Uni «Eng qimmat narsalar qirolichasi» deb nom olgan Debbi Uingem bezagan. U eng qimmat tort, ko‘ylak va tufli bo‘yicha dunyo rekordlarini qo‘ygan.
Dizayner archani BVLGARI, Cartier, CHANEL kabi brendlarning zargarlik buyumlari, olmoslar, shokolad tovuslar, patlar, tuyaqush tuxumlari va atir idishlari bilan bezagan. Eng qimmat bezak — 24 karatli oltindan yasalib, 200 karat olmos o‘rnatilgan, narxi $1,3 mln lik dollar kupyurasi bo‘ldi.












