Kelajakdagidek yashagim keldi. Parda o‘z-o‘zidan ochilishini, barmog‘imni shaqillatishim bilan chiroqlar yonishini, choynak esa uyquga to‘ymaganimni oldindan bilib, uyg‘onishim bilan qahva tayyorlab qo‘yishini istardim. Shu xayollar bilan aqlli uy yig‘ib ko‘rishga qaror qildim. Tokio yoki Kremniy vodiysida emas — Toshkentda! O‘zim uchun muhandislik diplomi va yarim maoshimni yeb bitirmaydigan 5 qurilmani kashf qildim.
1. Aqara Hub M2 — butun tanani boshqaradigan «miya»
Tasavvur qiling: uyingizda aqlli rozetka, chiroq va changyutgichlar bor. Ularning barchasi bir-biri bilan «gaplashishi» kerak. Aqara Hub — aynan shunga xizmat qiladi. U dirijyor singari: «Chiroqni yoq!», «Changyutgichni ishga tushir!», «Rozetka, choynakni yoq!» deb buyruq beradi.
Ishda yoki shaharning boshqa chetida bo‘lsangiz ham, uyda hamma narsa o‘z o‘rnida ishlaydi. Faqat qurilmani uy markaziga o‘rnating va internetga ulang — qolganini unga qo‘yib bering.

2. Mi Smart Plug — miyali rozetka
Oddiy rozetkadan farqli o‘laroq, bu rozetka aqlli: uni telefon orqali yoqib-o‘chirsa bo‘ladi. Masalan, ishxonadan turib choynakni yoqishingiz, chiroq yonishi vaqtini belgilashingiz mumkin. Dazmolni o‘chirishni unutgan bo‘lsangiz — havotir olmasangiz ham bo‘ladi, uni telefondan o‘chirishingiz mumkin.











