1. AVO

  2. AVO gap

  3. O‘zbekistonda bir zumda chiqariladigan kredit karta: xususiyatlari va afzalliklari

O‘zbekistonda bir zumda chiqariladigan kredit karta: xususiyatlari va afzalliklari

Tasavvur qilaylik, telefoningiz to‘satdan sinib qoldi, ish haqingiz esa faqat 5 kundan keyin tushadi. Yoki siz ajoyib chegirmadagi aviachiptani ko‘rib qoldingiz, lekin hisobingizda yetarli mablag‘ yo‘q. Aynan shunday vaziyatlarda bir zumda chiqariladigan kredit karta yordamga keladi. Bunday kartani atigi bir necha daqiqada rasmiylashtirib, darhol undan foydalansangiz bo‘ladi — onlayn do‘konlarda ham, oddiy savdo nuqtalarida ham.

Keling, bu karta nima ekanligini, qanday afzalliklari borligini va uni qanday qilib rasmiylashtirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Bu qanday karta?

Aslida, bu oddiy kredit karta, faqat u sizdan uzoq vaqt kutishni talab qilmaydi. Siz bankning ilovasini yuklab olasiz, kerakli ma’lumotlarni kiritasiz va hujjatlaringiz hamda kredit tarixingiz talabga javob bersa, karta darhol tayyor bo‘ladi. U orqali xaridlarni bir zumda amalga oshirish mumkin.

Bunday kartaning afzalliklari nimada?

Birinchidan, tezlik. Ortiqcha gap-so‘zsiz: arizadan to karta faollashgunicha bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa o‘tadi.

Ikkinchidan, uni olish uchun odatda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish, doimiy propiskaga ega bo‘lish va 18 yoshdan katta bo‘lish kifoya. Ba’zan daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham talab qilinmaydi.

Uchinchidan, moslashuvchanlik. Kredit limiti miqdori odatda sizning moliyaviy holatingizga qarab belgilanadi va u 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha yetishi mumkin. Agar mablag‘ni ishlatmasangiz, u shunchaki hisobingizda qolaveradi.



Shuningdek, kredit kartalarda ko‘pincha imtiyozli davr ham bo‘ladi. Bu davr mobaynida siz bank mablag‘idan bepul foydalanishingiz mumkin. Agar pulni vaqtida qaytarsangiz — ortiqcha foiz to‘lamaysiz.


Bundan tashqari, ko‘plab kartalar qo‘shimcha bonuslar va keshbek ham taklif qiladi. Masalan, AVO platinum kartasi kredit limiti orqali amalga oshirilgan birinchi xariddan 100% bonus qaytaradi, keyingi xaridlar uchun esa 1% miqdorida bonus yig‘iladi. To‘plangan bonuslarni haqiqiy pulga almashtirib, keyin yana xaridlar uchun ishlatishingiz mumkin.

Kartani qanday ochish mumkin?

Karta olish jarayoni juda soddalashgan. Ilovaga kirib, ariza topshirasiz, kerakli hujjatlarni yuklaysiz — va bir necha daqiqada virtual karta tayyor bo‘ladi. 

Agar ishingiz rasmiy va bank bilan kredit tarixingiz ijobiy bo‘lsa, katta ehtimol bilan kartangiz tezda tasdiqlanadi. Qaror tezda qabul qilinadi, shartlar esa sizning daromadingiz va kredit tarixingizga bog‘liq bo‘ladi.

AVO platinum kredit kartasini bir necha soniyada rasmiylashtiring

Ilovada virtual kartani oching va istalgan xaridlar uchun 50 mln so‘mgacha limitga ega bo‘ling

Kartani olish

Kartadan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar

Kartadan maksimal darajada foyda olish uchun bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilish kerak. Eng asosiysi — imtiyozli davr ichida qarzni to‘liq yopish. Shunda bankka ortiqcha to‘lov qilmasdan foydalanish mumkin.

Shuningdek, bonuslar va keshbeklarni kuzatib boring. Ular abadiy emas — vaqtida ishlatilmasa, «kuyib» ketishi mumkin. Ammo barchasini o‘z vaqtida bajarsangiz — kundalik xarajatlarda sezilarli tejamkorlikka erishasiz.

Xulosa

Agar sizga moliyaviy erkinlik kerak bo‘lsa, xarajatlaringizni nazorat qila olsangiz va bank navbatlariga vaqt sarflashni xohlamasangiz, bir zumda chiqariladigan kredit karta aynan siz uchun. U zarur mablag‘ni stressiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz olishga yordam beradi.

Asosiysi — undan oqilona foydalanish. Qarzdorlikni o‘z vaqtida yopish, ortiqcha qarz yig‘maslik va kartani o‘z ehtiyojlaringizga moslab tanlash muhim. Shunda karta ortiqcha xarajatlar manbaiga emas, balki qulay moliyaviy asbobga aylanadi.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Kredit kartasi
22.04.2025
6 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
AVO bank
Virtual qabulxona
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar