Kredit kartalari — moliyani boshqarish uchun qulay vosita. Xaridlar uchun to'lashdan tashqari ular bilan qo‘shimcha imtiyozlar ham olish mumkin. Biroq, kredit kartalari turli xil bo‘ladi. Ularning xususiyatlarini tushunish orqali ehtiyojlaringizga mos variantni tanlashingiz mumkin. Ushbu maqolada qanday kredit kartalari borligi va ular bir-biridan nimasi bilan farq qilishini ko‘rib chiqamiz.
Maqsadiga ko‘ra kredit kartalar
Kredit kartalari foydalanish maqsadlariga qarab tasniflanadi.
- Iste’mol kartalari — kundalik xarajatlar uchun mos. Bu tovarlar, xizmatlar va naqd pul olish uchun ishlatsa bo’ladigan universal variant. Odatda ular keshbek kabi bazaviy bonuslarni o‘z ichiga oladi.
- Ko-brend kartalari — yirik brendlar, masalan, aviakompaniyalar yoki riteyllar bilan hamkorlikda chiqariladi. Bunday kartalar hamkorlardan xarid qilganda bonuslar, millar yoki chegirmalar beradi.


