Bir vaqtlar o’zbekistonliklarning karmonida bejirim 50 so’m qiymatli banknotlarni topish mumkin edi. Hozir esa bu shunchalik kichkina summaki, do’konlarda 50 so’mlik tanga o’rniga qo’lingizga bir dona qurt tutqazishadi. Bugun 50 000, 100 000 va hatto 200 000 so’mlik banknotlar oddiy holga aylanib ulgurdi. Bundan keyin nima bo’ladi va nima uchun so’mlar oxirida nollar soni oshib bormoqda?
Pul massasi
Mavzuga chuqurroq kirishish uchun biz birinchi navbatda «pul massasi» termini bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Bunday nom bilan hozirda davlat iqtisodiyotida mavjud barcha pullar: naqd, kartadagi pullar, fuqarolarning banklardagi omonatlari, hatto bozor fondi va boshqa investitsiyalarga aytiladi. Pul massasi quyidagi sinflarga bo’linadi:
- Jismoniy pullar: banknot va tangalar
- M0
- М0 + odamlar hisob raqamlaridagi elektron pullar









